Ukraina IIV rahbarining vertoloti halokati – tasodifmi yoki terakt?

© AFP 2023 / SERGEI SUPINSKYMesto krusheniya vertoleta vozle detskogo sada v Brovarax.
Mesto krusheniya vertoleta vozle detskogo sada v Brovarax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Kiyevda ukrainalik amaldorlarning G‘arbdan kelayotgan ko‘p milliard dollarlik harbiy yordam oqimini nazorat qilish va G‘arb qurollarini sotish uchun “tuzilmalararo” kurash avj olmoqda.
Yaqinda sodir bo‘lgan IIV rahbarining vertoloti qulashi - muammoning ko‘p jihatlarni anglatadi va klanlar o‘rtasidagi mojarolarning davom etishini tasdiqlaydi.
Kiyev yaqinida ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning o‘rinbosari Yevgeniy Yenin, davlat kotibi Yuriy Lubkovich va boshqa muhim amaldorlar bo‘lgan “Yevrokopter Super Puma”, vertoloti 18-yanvar kuni halokatga uchraganidan keyin uch kunlik motam e’lon qilindi. Kuchli zarbadan bolalar bog‘chasi va turar-joy binolari qisman vayron bo‘lgan. 18 nafar halok bo‘lganlar orasida –uch nafar bola bor. 29 kishi, jumladan, 15 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.
“Ehtimoliy bir qator sabablar”ni o‘rganish bilan Ukraina Xavfsizlik xizmati shug‘ullanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, IIV rahbariyati bo‘lgan vertolot “qaynoq nuqtaga” harbiy to‘qnashuvlar liniyasiga uchayotgan bo‘lgan.
Kiyevda ko‘pchilik “Super Puma”ning qulashi fojeaviy tasodif emas, balki bortdagi portlash rejalashtirilgan aksiya ekaniga ehtimol yuqori deb hisoblashmoqda. Guvohlarning ma’lum qilishlaricha, vertolotda avval yong‘in boshlanib, osmondayoq qismlarga bo‘lina boshlagan.
IIB rahbari Denis Monastirskiy “Zelenskiy jamoasi” odami hisoblangan va kuchishlatar tuzilma rahbarining maqsadli yo‘q qilishinini prezidentga signal kabi ko‘rish mumkin. G‘arblik homiylari bilan Ichki ishlar vazirligi va chegara xizmati uchun qurol-yaroq yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borgan Monastirskiy va uning o‘rinbosari Yenin vafotidan so‘ng, butun muvofiqlashtirish tizimini tiklash kerak. Bankovayada (Ukraina prezidenti qarrgohi joylashgan ko‘cha) “Kadrlarning keng ko‘lamli o‘zgarishi va ishdan bo‘shatish” ishlari tayyorlanmoqda.
18 yanvardagi vertolot falokatini Ukrainaning Ichki Ishlar, Xavfsizlik xizmati va Qurolli Kuchlari o‘rtasida (pul) uchun ichki tuzilmalararo urush sifatida ko‘rish mumkin.
“Zelenskiy jamoasi”ni unga fidoiy kuchlardan tozalash maqsadida va bir vaqtning o‘zida - siyosiy vaznga ega bo‘lgan Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga pozitsiyasini zaiflashtirish uchun unga qarshi provokatsiya sifatida.
So‘nggi paytlarda Ukraina prezidenti va bevosita Pentagon strateglari tomonidan boshqariladigan Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik juda sezilarli.

Diversiya versiyalari

Kiyev manbalari “klanlarning ta’sir doirasi o‘zgarishi” haqida xabar berishmoqda. Bunda Zelenskiyning qarori bilan Monastirskiyning “siyosiy qatl etilishi” versiyasi ham bor. Go‘yoki bu uning UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy tomonga og‘ishayotganiga qasos sifatida.
G‘arbda Valeriy Zalujniyni ko‘pchilik Ukrainaning keyingi prezidenti sifatida ko‘rmoqda. Mudofaa vazirligi va UXX yuqori rahbariyatining G‘arb qurollari savdosidagi jinoiy ishtirokini istisno etib bo‘lmaydi (“boshqa tarafdagi” manbalar “jarayon” Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov tomonidan nazorat qilinishini ta’kidlamoqda).
Ukraina IIV rahbari Monastirskiy avvalroq “insonparvarlik yordami”ning talon-taroj qilingani bo‘yicha 250 ta ish ochilgani haqida ma’lum qilgan edi. Buning uchun ham halok bo‘ldi. Kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, IIB rahbariyatini yo‘qotishga prezident devoni rahbari Andrey Yermak ruxsat bergan bo‘lishi mumkin. U ham “hissadorlar” orasida.
Avvalroq G‘arbda Kiyevga yetkazib berilgan qurollardan “shaffof” foydalanilmayotgani va barcha hajmlarning 10 dan 30 foizigacha kuzatib borish mumkinligini ma’lum qilgan edi. Pentagon Ukrainada o‘z mutaxassislaridan qandaydir boshqaruv tizimini tashkil etishga harakat qildi, ammo harbiy harakatlar sharoitida har bir “mahsulot”ning yo‘lini kuzatish deyarli (texnologik jihatdan) imkonsiz. Savdo-sotiq qizg‘in davom etmoqda. Umumiy foydalanishdan yashirilgan internet segmenti qurollarning faqat kichik hajmi va muammolar haqida ma’lumot beradi. Ko‘chma zenit va tankka qarshi raketa komplekslari, dronlar, avtomatlar – “qora oqim” bilan butun dunyoga tarqalmoqda. Va terrorchilar, natsistlar, jihodchilar qo‘llariga yetib bormoqda. Kiyev rejimi nazoratni qattiq ushlamayapti, axir “urushning o‘zi hammasini hisob-kitob qiladi”.
Diversiyalar versiyasi IIBning sobiq rahbari Arsen Avakovga ham soya tashlagan. U 2021-yilda iste’foga chiqib, Denis Monastirskiyga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan edi. Eslatib o‘tish joiz, Avakovning talablari bilan Airbus Helicopters fransuz kompaniyasidan foydalanilgan “Yevrokopter Super Puma” vertolotlarini xarid qilgan edi. Avvalroq, Polsha va Norvegiya ushbu vertolotlarni sotib olishdan bosh tortgan. Avakov Oliy radada o‘z obro‘sini yo‘qotmagan, uning IIV ga qaytishi ham istisno emas.
2022 yil mart oyida Kiyev markazida Bosh razvedka boshqarmasining muhim agenti va Ukraina muzokara guruhi a’zosi Denis Kireyevning qatl etilgani Ukrainaning kuchishlatar tuzilmalarida o‘z raqiblarini ko‘ndirish, qo‘rqitish va zararsizlantirish borasida ko‘p narsani bildiradi.
The Wall Street Journal harbiy razvedka qadrli xodimining Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va boshiga otilgan o‘qdan halok bo‘lgani haqida batafsil hikoya qilgan edi.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil 23-fevralda agent Kireyev Rossiyaning harbiy maxsus operatsiyasi boshlangan vaqt, Gostomeldagi aerodromning alohida ahamiyati haqida ma’lumot bergan va bu bilan “Kiyevni himoya qilish”da yordam bergan.
The Wall Street Journal nashri yozishiga ko‘ra, "UXX hatto o‘z qahramonlariga nisbatan suddan tashqari qatllarni qo‘llashi" haqida xabar bergan edi. Biroq, ushbu jinoyat uchun UXX da hech kim qattiq jazolanmaydi yoki pushaymon bo‘lmaydi.
Agar 18-yanvarda bo‘lib o‘tgan hodisada vertolotni “o‘z odamlari” urib tushirishgan bo‘lsa, UXX xodimlari bu haqida hech qachon ma’lum qilmaydi.
Eng ehtimoliy variant- “Super Puma”ning texnik nosozligi haqida ommaga xulosa qilinadi. Yaqin istiqbolda esa prezident Zelenskiyning o‘z mashinasi (yoki vertoloti) nosoz bo‘lib chiqishi mumkin. Ukraina “xalaskori”ni dabdaba bilan so‘nggi manzilga jo‘natishadi. Bu qancha tez sodir bo‘lsa, Kiyev nazorati ostida bo‘lgan hududlar aholisiga shuncha yaxshi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0