Toshkentda kuzda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi

© Foto iz arxiva UKFUzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii
Uzbekskie kurashisti vistupat na ChM v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqa chempionlar orasida bo‘lib o‘tadi va unda erkaklar 4 vazn toifasida va ayollar 3 vazn toifasida bellashadi.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Toshkentda 2023-yilning sentabr-oktabr oylarida kurash bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ga asosan.
Bu haqda yanvar oyida BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan IKA yig‘ilishida kelishib olindi. Musobaqalar kuzning sentabr-oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi barcha federatsiyalar ishtirok etish uchun tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgan, - deyiladi xabarda.
“Mazkur turnirda umumiy musobaqalar soni 8 ta, uning 4 bosqichi saralash bo‘lib, chempionatlar doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar o‘rtasida-66 kg,-81 kg,-100 kg va mutlaq vazn, ayollar o‘rtasida esa -57 kg, -70 kg va mutlaq vazn toifalarida o‘tkaziladi”, dedi Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot kotibi Jamshid Namozov.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa davlat budjeti va IKA tomonidan moliyalashtiriladi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 23-28 noyabr kunlari Hindistonning Puna shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilgan edi. Unda medallar qo‘lga kiritish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0