Tezlik 60kmgacha cheklangan ko‘chalarda jarimaga tortish qachon boshlanadi - IIV

Radar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent markazida yaqinda tezlik 60kmgacha cheklangan yo‘llarda haydovchilarni jarimaga tortish qachon boshlanishini IIV tushuntirib berdi.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Toshkent markazida yaqinda kiritilgan tezlik cheklovlarini buzgan haydovchilarni jarimaga tortish qachon boshlanishi haqidagi savollarga IIV axborot xizmati rahbari Azizxon Murodov javob berdi.
- Qachondan boshlab yo‘l harakati ishtirokchilari tezlikni oshirganligi uchun jarimaga tortila boshlanadi?
- Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilib, ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ko‘chalarda ta’qiqlovchi belgilar o‘rnatilishi bo‘yicha doimiy ommaviy axborot vositalarida va rasmiy saytlar orqali fuqarolarimiz va jamoatchilikka ma’lumotlar berib boriladi.
- Haydovchi 60 kilometr soat tezlikda yurish belgilangan ko‘chaning tugaganini qanday biladi?
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoniga ko‘ra yuqori tezlik cheklangan ko‘chalar xatlovdan o‘tkazilib tegishli belgilar bosqichma bosqich o‘rnatiladi va ushbu ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslashtiriladi.
Bugungi kunda harakat ishtirokchilari ushbu yangi joriy qilingan tartibga amal qilib harakatlanishlari lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 17-yanvardan boshlab Toshkentdagi Kichik halqa yo‘li bo‘ylab barcha ko‘chlarda tezlik 60 km/soat bilan cheklangan edi. Bundan oldin 70 km/soat edi.
Yangiliklar lentasi
0