https://oz.sputniknews.uz/20230120/piyoz-zahiralari-mavjud-vahimaga-orin-yoq--qishloq-xojalik-vazirligi-31614712.html
Piyoz zaxiralari mavjud, vahimaga o‘rin yo‘q – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Piyoz zaxiralari mavjud, vahimaga o‘rin yo‘q – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yilda respublikada 1,9 mln tonna piyoz hosili olingan va undan 1,2 mln tonnasi aholi iste’moliga, 203 ming tonna eksportga, 93,2ming tonna zaxiraga, 210 ming tonna umumiy ovqatlanish va qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan.
2023-01-20T19:47+0500
2023-01-20T19:47+0500
2023-01-23T18:59+0500
jamiyat
piyoz
qishloq xo‘jaligi vazirligi
bozor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0d/21776789_11:0:820:455_1920x0_80_0_0_8a02472f7a4609e07d160cc935e272d6.jpg
TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Respublikada aprel oyiga qadar yetadigan piyoz zaxiralari mavjud, dedi Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda. Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bugungi kunda joylardagi zaxira qilingan piyoz miqdori 87 ming tonnani, va aholi xonadonlarida 232 ming tonnani, jami 319 ming tonnani tashkil qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilning 20-yanvardan 30-apreliga qadar tibbiy meyorlar bo‘yicha aholining piyozga bo‘lgan iste’mol talabi o‘rtacha 346 ming tonnani tashkil etadi.Demak, aholining iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.Shu o‘rinda, keraksiz xavotir va vahimalar, hissiyotlarga ortiqcha o‘rin bermaslikni tavsiya qilgan bo‘lar edik. Bu borada barcha mas’ullar aniq reja asosida ish yuritmoqda. Hukumat komissiyasi tomonidan ta’minotda uzilishlar bo‘lmasligi yuzasidan va narx oshishining oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda", - deyiladi vazirlik xabarida.Vazirlik xabariga ko‘ra, bu yilgi anomal sovuqlar natijasida ayrim bozorlar rastalarida saqlangan piyozlar muzlab qolib, yaroqsiz holga kelgan. Piyozning muzlash harorati -5 daraja. Shu bilan birga qo‘shni Qozog‘iston ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish maqsadida piyoz olib chiqishni taqiqlagan edi.Ma’lumot uchun, 2022-yilda respublikada 1,9 mln tonna piyoz hosili olingan va undan 1,2 mln tonnasi aholi iste’moliga, 203 ming tonna eksportga, 93,2ming tonna zaxiraga, 210 ming tonna umumiy ovqatlanish va qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan. Tabiiy yo‘qotishlar esa 228 ming tonnani tashkil qildi. Bugungi kunda respublika dehqon bozorlarida piyozning o‘rtacha chakana narxi 6000-8000 so‘m.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0d/21776789_112:0:719:455_1920x0_80_0_0_8afb5d7750d1e31b192dc5eb5ac2ddd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
piyox narx zapas zaxira uzbekiston
piyox narx zapas zaxira uzbekiston
Piyoz zaxiralari mavjud, vahimaga o‘rin yo‘q – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
19:47 20.01.2023 (yangilandi: 18:59 23.01.2023) 2023 yilning yanvar - aprel oylarida aholi iste’moli uchun qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerak xolos, qolgani zaxiralarda bor - vazirlik.
TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Respublikada aprel oyiga qadar yetadigan piyoz zaxiralari mavjud, dedi Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bugungi kunda joylardagi zaxira qilingan piyoz miqdori 87 ming tonnani, va aholi xonadonlarida 232 ming tonnani, jami 319 ming tonnani tashkil qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilning 20-yanvardan 30-apreliga qadar tibbiy meyorlar bo‘yicha aholining piyozga bo‘lgan iste’mol talabi o‘rtacha 346 ming tonnani tashkil etadi.
Demak, aholining iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
"Aholimizga murojaatimiz shuki, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari favqulodda oshishi borasida tarqatilayotgan turli axborotlarga berilmasliklari, bu bilan bozorlarda mahsulotlarning ayni kundagi narxlarining asossiz oshishiga sababchi bo‘lib qolmasliklariga chaqirib qolamiz.
Shu o‘rinda, keraksiz xavotir va vahimalar, hissiyotlarga ortiqcha o‘rin bermaslikni tavsiya qilgan bo‘lar edik. Bu borada barcha mas’ullar aniq reja asosida ish yuritmoqda. Hukumat komissiyasi tomonidan ta’minotda uzilishlar bo‘lmasligi yuzasidan va narx oshishining oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda", - deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik xabariga ko‘ra, bu yilgi anomal sovuqlar natijasida ayrim bozorlar rastalarida saqlangan piyozlar muzlab qolib, yaroqsiz holga kelgan. Piyozning muzlash harorati -5 daraja. Shu bilan birga qo‘shni Qozog‘iston ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish maqsadida piyoz olib chiqishni taqiqlagan edi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda respublikada 1,9 mln tonna piyoz hosili olingan va undan 1,2 mln tonnasi aholi iste’moliga, 203 ming tonna eksportga, 93,2ming tonna zaxiraga, 210 ming tonna umumiy ovqatlanish va qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan. Tabiiy yo‘qotishlar esa 228 ming tonnani tashkil qildi. Bugungi kunda respublika dehqon bozorlarida piyozning o‘rtacha chakana narxi 6000-8000 so‘m.