Nodirbek Abdusattorov yana bir bor Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Shaxmat musobaqasining “Masters” guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Niderlandiyada o‘tayotgan klassik shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” turnirida Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Shaxmat musobaqasining “Masters” guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) 5-turda tajribali Magnus Karlsenga (2859) qarshi bahs olib bordi.
Qora donalarda harakat qilgan Abdusattorov 6 soatdan oshiq davom etgan bahsda muvaffaqiyatga erishdi. Ahamiyatlisi, bu g‘alabadan keyin 4 ochko jamg‘argan Abdusattorov “Masters” guruhida yakka peshqadamga aylanib oldi.
Yangiliklar lentasi
0