https://oz.sputniknews.uz/20230120/maktablarda-kasb-va-til-orgatishga-etibor-beriladi---mirziyoev-31615614.html
Maktablarda kasb va til o‘rgatishga e’tibor beriladi - Mirziyoyev
Maktablarda kasb va til o‘rgatishga e’tibor beriladi - Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga va chet tillarni o‘rgatish ko‘zda tutilmoqda. 20.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-20T20:07+0500
2023-01-20T20:07+0500
2023-01-20T20:07+0500
jamiyat
prezident
maktab
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/14/31615463_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_fa4aa53b35d80240e2f99de17a588e22.jpg
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Majlisda maktablardagi bugungi ta’lim sifati tanqid qilindi va kelajak uchun vazifalar belgilab berildi. – Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Yangi ta’lim tajribasini joriy etish uchun tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi ko‘zda tutilmoqda.Majlisda shuningdek, o‘quvchilarni axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘rgatish muhimligi ta’kidlandi.Undan tashqari chet tillarini sifatli o‘rgatish uchun maktablarga “til egasi” bo‘lgan pedagoglar jalb qilish, Prezident maktablarining til o‘rgatish tajribasi, darslik va dasturlarini tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/14/31615463_76:0:1213:853_1920x0_80_0_0_5cc9f9242730cee10d347ff9eca6d0ce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv), ta’lim
jamiyat, prezident, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv), ta’lim
Maktablarda kasb va til o‘rgatishga e’tibor beriladi - Mirziyoyev
Maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga va chet tillarni o‘rgatish ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Majlisda maktablardagi bugungi ta’lim sifati tanqid qilindi va kelajak uchun vazifalar belgilab berildi.
"Masalan, 11-yil maktabda o‘qigan bola chet tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yo‘qligi sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmagan. Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelmoqda.
– Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangi ta’lim tajribasini joriy etish uchun tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etish, ularni jihozlash va zarur ashyolar bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etiladi, Yoshlar jamg‘armasidan mablag‘lar yo‘naltiriladi, - deyiladi xabarda.
Majlisda shuningdek, o‘quvchilarni axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘rgatish muhimligi ta’kidlandi.
Undan tashqari chet tillarini sifatli o‘rgatish uchun maktablarga “til egasi” bo‘lgan pedagoglar jalb qilish, Prezident maktablarining til o‘rgatish tajribasi, darslik va dasturlarini tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.