Dam olish kunlari ham sovuq ob-havo saqlanib qoladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKak jivet Tashkent v morozi
Kak jivet Tashkent v morozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, 20-21 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Dam olish kunlari ham sovuq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, 20-21 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Havo harorati kechalari -8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda -15-17 daraja sovuqgacha bo‘ladi. Kunduz kunlari esa -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, ba’zi joylarda haqo harorati -5 daraja sovuqgacha qayd etiladi.
Ayrim joylarda tuman tushishi, yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 9−10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib keldi. Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati −27…−30 darajagacha sovuq bo‘ldi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston bo‘ylab eng past harorat qiymatlari so‘nggi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan.
Yangiliklar lentasi
0