Bugun ayrim hududlarda qor yog‘adi - O‘zgidromet

© Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
Buxoro viloyati  Qorovulbozor tumani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qor yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0