“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lining loyiha ofisi ochildi

© Foto : Press-slujba Uzbekiston temir yullariOtkritie Proyektnogo ofisa po koordinatsii proyekta stroitelstva jeleznoy dorogi "Kitay - Kirgizstan - Uzbekistan".
Otkritie Proyektnogo ofisa po koordinatsii proyekta stroitelstva jeleznoy dorogi Kitay - Kirgizstan - Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Loyiha ofisi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish maqsadida ochildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Bishkekda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha Loyiha ofisi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari xabar berdi.
Mazkur ofisning maqsadi loyihani amaliy amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
Bugungi kunga qadar “Qirg‘iziston temir yo‘li” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha barcha zarur dastlabki chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
© Foto : Press-slujba Uzbekiston temir yullari"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li xaritasi
Karta jeleznoy dorogi Kitay-Kirgizstan-Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li xaritasi
Xitoy temir yo‘l qurilish korporatsiyasining Birinchi loyiha-qidiruv instituti loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston transport vazirligi, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qo‘rish bo‘yicha uch tomonlama anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan.
Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023-yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan.
Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Dekabr oyida xitoylik mutaxassislar guruhi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha dala ishlarini yakunlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0