Bahodir Jalolovning Tokio Olimpiadacidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan film suratga olinmoqda

© AP Photo / Frank Franklin IIBokser Baxodir Djalolov viigral chetvertfinal u indusa Satisha Kumara.
Bokser Baxodir Djalolov viigral chetvertfinal u indusa Satisha Kumara. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Film “Yengilmas. Tokioga yo‘l” deb nomlanadi. Loyihaga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktorlar jalb etilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Bahodir Jalolovning Tokio Olimpiadacidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan film suratga olinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Film “Yengilmas. Tokioga yo‘l” deb nomlanadi. Loyihaga 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy aktorlar jalb etilishi rejalashtirilgan.
Filmda Otabek Musayev, Yoqub Ahmedov, Begzod Muhammadkarimov, Saida Rametova kabi taniqli aktorlar ham turli qahramonlarni gavdalantirishadi.
Rejaga ko‘ra, 100 kishi ijodiy va texnik jarayonlarda qatnashadi. Tasvirga olish jarayonlarini Toshkent, Surxondaryo, Tokio, Nyu-York shaharlarida olib borish belgilangan.
Film sujetida Jalolovning nafaqat Osiyo, balki jahon chempioniga aylanishi aks ettiriladi.
“Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng og‘ir vaznli bokschi Bahodir Jalolov qisman boksdan chetlashtirildi. Ammo bu mag‘lubiyatni omadsizlik deb hisoblagan murabbiylar sportchini terma jamoaga qaytarishga muvaffaq bo‘lishadi. Bahodir yana mashg‘ulotlarga kirishadi va qisqa vaqt ichida bir qancha muhim turnirlarda g‘alaba qozonib, nafaqat Osiyo, balki jahon chempioni bo‘ladi. Bundan tashqari, professional boksda ham yuqori natijalar ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, filmda antiqahramonlar ham bor: turnir hay’atiga bir amaldor keyingi Olimpiadada har qanday holatda ham amerikaliklarning g‘alabasini ta’minlash topshirig‘ini beradi.
Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasidan faqat Bahodir finalga yo‘l oladi, u yerda amerikalik Torrez bilan yuzlashadi. Turnir hay’atining rejasiga ko‘ra, u ko‘r-ko‘rona amerikalikka mag‘lub bo‘lishi kerak edi. Ammo so‘nggi lahzada ayyor va makkorona reja barbod bo‘ladi va Baxodir Jalolov Olimpiada chempioniga aylanadi.
Film rejissori Akrom Isoqov, bosh produser Firdavs Abduxoliqov, ssenariy mualliflari Sulton Abbosov, Sergey Kuzminix, sahnalashtiruvchi operator Xusanboy Alijonov.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bahsida AQShlik raqibi Richard Torres ustidan g‘alaba qozongan. Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egallagan. Osiyo davlatlari orasida beshinchi, MDH mamlakatlari orasida ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi.
Olimpiadada bokschi Bahodir Jalolov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va txaekvondochi Ulug‘bek Rashitov chempion bo‘lib, olin medalga sazovor bo‘lishdi. Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov va dzudochi Davlat Bobonov “bronza”ga ega chiqgan.
Yangiliklar lentasi
0