Zaxarova Sholsning Rossiya haqidagi so‘zlariga keskin munosabat bildirdi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova, arxivnoe foto
Mariya Zaxarova, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Sholsning "Rossiya mag‘lub bo‘lishi kerak" degan so‘larini tug‘ma beodoblik deb atadi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Germaniya kansleri Olaf Sholsning Rossiya haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi.
Avvalroq Germaniya hukumati rahbari Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida Moskva Ukrainadagi jangovar harakatlar tugashi uchun muvaffaqiyatsizlikka chidashi kerakligini aytgan edi. U, shuningdek, Berlin “kerak bo‘lguncha” Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
O‘z navbatida Zaxarova Telegram kanalida kanslerning Rossiyaning mag‘lubiyati haqidagi so‘zlarini keltirib o‘tdi.

“Sholsning tug‘ma beodobligi”, - deb yozadi u.

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri AQSh, Germaniya va ularning ittifoqchilari Ukraina qurolli kuchlariga milliardlab dollarlik harbiy texnika yetkazib berdi. Moskva G‘arb mojaroni uzaytirishga intilayotganini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0