Toqayev Qozog‘iston parlamenti quyi palatasini tarqatib yubordi

© Press-slujba prezidenta Kazaxstana Sammit Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
 Sammit Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasiga deputatlar saylovini tashkil etish topshirildi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev respublika parlamenti majilisini (quyi palatasi) tarqatib yubordi va navbatdan tashqari deputatlar saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbari 2023-yil 19-yanvardagi farmoni bilan yettinchi chaqiriq Qozog‘iston Respublikasi parlamenti majilisini tarqatib yubordi, shuningdek, 2023-yil 19-martga Qozog‘iston Respublikasi parlamenti majlisi deputatlarining navbatdan tashqari saylovini belgiladi”, - deyiladi xabarda.

Barcha darajadagi maslixatlarning (mahalliy vakillik organlari) vakolatlari ham tugatildi. Markaziy saylov komissiyasiga deputatlar saylovini tashkil etish topshirildi.
Farmonlar qonun chiqaruvchi hokimiyat har ikki palatasi spikerlari va bosh vazir bilan maslahatlashuvlardan so‘ng imzolandi.
Yanvar oyida parlamentning yuqori palatasi – senatga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov tizimini isloh qilish doirasida navbatdan tashqari tartib-qoidalar amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0