Qoraqalpog‘istonlik haydovchilar aholiga bepul xizmat ko‘rsatmoqda

© Sputnik / Iskandar AminovMikroavtobus, zavalenniy snegom posle obilnogo snegopada.
Mikroavtobus, zavalenniy snegom posle obilnogo snegopada. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Bunday aksiyalar Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli, Qonliko‘l, Chimboy va boshqa tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qoraqalpog‘istonlik haydovchilar “Savobli ish” aksiyasini yo‘lga qo‘yib, aholini bepul manziliga eltib qo‘ymoqda. Aksiyaga avtobus ajratgan davlat idoralari va tadbirkorlar qo‘shildi.
O‘zbekistonda anomal sovuq tufayli 12-yanvardan gaz quyish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilgach, hududlardagi transport muammosi yanada dolzarblashgan. Poytaxtdan tashqarida asosiy transport turi gaz bilan harakatlanadigan "Damas" hisoblanadi. Shuning uchun taksi narxlari keskin oshgan.
Nukusda haydovchilar yo‘lovchilarni bepul manziliga eltib qo‘yishni boshlagan va bir hafta o‘tmay aksiya Qoraqalpog‘iston bo‘ylab tarqalgan va “Savobli ish” deb nomlangan.
Jo‘qorg‘i Kenesh tashabbusi bilan davlat tashkilotlari tomonidan bepul harakatlanadigan avtobuslar ajratilgan. Aksiyaga xususiy kompaniyalar ham qo‘shilgan.
Respublika transport vazirligi matbuot kotibi Zohid Kajanovning ma’lum qilishicha, ayni paytda IIV, sog‘liqni saqlash vazirligi, transport vazirligi, Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va dorixonalar tarmog‘i avtobuslarida odamlar bepul tashilmoqda.
Shuningdek, Yoshlar masalalari agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan aksiya uchun avtomobillar ajratilgan. Qoraqalpoq davlat universitetidan ham 50 ta avtomobil ajratilgan.
Bunday aksiyalar Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli, Qonliko‘l, Chimboy va boshqa tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0