O‘zbekistonda yana bir xususiy aviakompaniya paydo bo‘ldi

© Uzbekistan AirportsCentrum Air
Centrum Air - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroportiga yangi milliy aviakompaniya — "Centrum Air"ning ikkita samolyoti kelib qo‘ndi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning yana bir xususiy aviakompaniyasining ilk ikki samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportiga 18-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:07 va 19:18 da yangi milliy aviakompaniya — "Centrum Air"ning ikkita samolyoti kelib qo‘ndi.
© Uzbekistan AirportsCentrum Air
Centrum Air - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Centrum Air
Ikkita Airbus A320−232 aviatashuvchining birinchi yo‘lovchi samolyoti bo‘ldi. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo‘lovchi borti Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, “Centrum Air” o‘zini loukoster sifatida tanishtirgan bo‘lib, arzon ichki va tashqi tashuvlarni amalga oshirish hamda raqobatbardosh sifatga erishishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonning “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi o‘zining ilk tijoriy reysni amalga oshirgan edi. Airbus A320 havo kemasi “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 144 nafar yo‘lovchi bilan ilk parvozini amalga oshirgan.
Yangiliklar lentasi
0