O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi - SSV

© Depositphotos.com / MotorolkaKapsuli i tabletki
Kapsuli i tabletki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. ​O‘zbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi. Bu haqda cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.
Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.
Ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi.
Mamlakatda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qo‘llaniladigan quyidagi preparatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
vaksina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;
immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yo‘li bilan olingan monoklonal antitanalar;
immun korreksiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qo‘llaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, miyelopeptidlar, o‘sma nekrozi omili, o‘sish omillari va boshqalar).
Bundan tashqari, “SiPiDji Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan O‘zbekiston — Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani ro‘yobga chiqarishga kelishildi.
Loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, ko‘mik to‘qimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qo‘llaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0