O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

© Ministerstvo inostrannix delV MID provedena vstrecha s Poslom OAE
V MID provedena vstrecha s Poslom OAE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatdagi elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov BAAning mamlakatdagi elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-BAA hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, umumiy kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda ikki tomonlama tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotni, jumladan, vazirliklararo maslahatlashuvlar orqali muntazam davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0