Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘zak hujayralari transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yildi

© Sentr gematologii Uzbekskie vrachi provodat operatsii po peresadke kostnogo mozga
Uzbekskie vrachi provodat operatsii po peresadke kostnogo mozga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shifokorlari 2023-yilning birinchi choragidan boshlab Allogen gemopoetik o‘zak hujayralar transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishni boshlanadi.
TOShKENT, 19 yanv – Sputnik. O‘zbekiston shifokorlari o‘zak transplantatsiyasida rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga Respublika ixtisoslashtirilgan gemotologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Aziza Mahmudova aytib berdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan gemotologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Federal davlat budjet muassasi Gematologiya tibbiyot ilmiy tekshirish markazi orasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan. O‘zaro hamkorlikda transplantatsiyalar bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazilmoqda”, - deydi mutaxassis.

O‘zbekistonda ushbu murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun Rossiyadan “Suyak ko‘migi transplantatsiyasidan keyingi asoratlar va immun tizimi ta’siri”ni o‘rganuvchi bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Drokov va Turkiyaning Anqara shahri, Abdurahman Yurtaslan onkologiya markazi qoshidagi “O‘zak xujayralar transplantatsiyasi markazi” direktori, professor Fevzi Altintash maslahatchi sifatida jalb qilingan.
O‘zaro hamkorlikda markazda onkogematologik kasalliklarni davolash jarayoniga yuqori texnologik tekshiruv usullari, allogen transplantatsiya joriy qilish bosqichlari, allogen transplantatsiyadan keyingi reabilitatsiya bosqichlarini belgilash, o‘tkir surunkali leykoz kasalliklarini molekulyar-genetik tekshirish, ya’ni oqim sitoflyurometriyasi, immunofenotiplash va sitogenetik yangi zamonaviy usullar bilan tekshirish usullari yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘zak hujayralari transplantatsiyasiga rejalashtirilgan bemorlar va ularning donorlarida o‘zak hujayralarini yig‘ish, ularga ishlov berish, saqlash, muzlatish va ularni eritib berish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Autologik o‘zak hujayralari transplantatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan bemorlaridan birgalikda o‘zak hujayralari yig‘ildi”, - dedi doktor.

Shu kunga qadar, Respublika ixtisoslashtirilgan gemotologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 46 nafar miyeloma kasalligi bilan bemorlarda autologik (o‘zidan o‘ziga) o‘zak hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazilgan.
Boshqa kishining o‘zak hujayrasini ko‘chirib o‘tkazish (allogen transplantatsiya) bo‘yicha operatsiyalar yaqin bir necha oy ichida boshlanishi rejalashtirilgan.

“Allogen gemopoetik o‘zak hujayralar transplantatsiyasi 2023-yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushiriladi. Bu amaliyot faqat gematologik va onkogematologik bemorlarga imtiyozli ravishda bepul amalga oshiriladi”, - deydi shifokor.

Rossiya gematologiya ilmiy markazi mutaxassisi Mixail Drokov bilan birgalikda “Allogen gemopoetik o‘zak hujayralar transplantatsiyasi” milliy protkoli, standart operatsion muolajalari ishlab chiqildi.
“Onkogematologiya va transplantatsiya bo‘limlarida hamshiralik ishlarini tashkil qilish, kimoterapiya vositalarini tayyorlash, hamshiralar malakasi oshirildi. Bemorlarini transplantatsiyaga tayyorlash, transplantatsiya jarayonida hamshiralik yordami va parvarishi, amaliyotdan so‘ng bemorlarni parvarish bo‘yicha o‘qitish, uy sharoiti o‘z-o‘ziga va qarovchilar yordami bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Markaz hamshiralari bilan ish jarayonlarida mahorat darslari o‘tkazildi”, - dedi Mahmudova.
Ma’lumot uchun, Chexiya, Belarus, Turkiya va Germaniya yirik gematologiya markazlari tajribalari ham o‘rganilib, hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Yangiliklar lentasi
0