https://oz.sputniknews.uz/20230119/otgan-yili-kashf-etilgan-yorqin-kometa-erdan-minimal-masofada-uchib-otadi---tafsilotlar-31575262.html
O‘tgan yili kashf etilgan yorqin kometa Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi - tafsilotlar
O‘tgan yili kashf etilgan yorqin kometa Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, hozir kometa Quyosh tizimining ichki hududi bo‘ylab harakatlanmoqda. U 1-fevralda Yerga minimal masofada yaqinlashadi. 19.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-19T11:13+0500
2023-01-19T11:13+0500
2023-01-19T11:13+0500
dunyoda
quyosh, oy, kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/18/14616206_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_3a5a9e9d2fc16cb381a4ec11d5cde773.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘tgan yilning mart oyida kashf etilgan C/2022 E3 (ZTF) kometasi 1-fevral kuni Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi. Bu haqda Moskva planetariysi ma’lum qildi.Kometaning yorqinligi +5 - +4 yulduz kattaligiga yetishi, gazsimon dumining uzunligi esa 10 darajadan ortishi taxmin qilinmoqda.Bu shahar yoritilishi yo‘q bo‘lganda, uni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkinligini anglatadi. Ayniqsa Rossiya va shimoliy yarim sharning barcha mamlakatlari uchun juda yaxshi ko‘rinish sharoitlariga ega bo‘ladi.Ta’kidlanishicha, hozir kometa Quyosh tizimining ichki hududi bo‘ylab harakatlanmoqda. U 12-yanvarda Quyoshga eng yaqin nuqtaga yetib bordi va 1-fevralda u Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi.Ma’lumot uchun, mazkur kometa uzoq muddatli kometa sifatida tasniflangan va o‘shandan beri u yorqinligini sezilarli darajada oshirdi. Ayni paytda, astronomlarning fikriga ko‘ra, u faqat teleskop yordamida tong otguncha osmonda xira dog‘ shaklida ko‘rinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/18/14616206_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e4326173dc1342b35bbb3a97c13b5e59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, quyosh, oy, kosmos
dunyoda, quyosh, oy, kosmos
O‘tgan yili kashf etilgan yorqin kometa Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi - tafsilotlar
Ta’kidlanishicha, hozir kometa Quyosh tizimining ichki hududi bo‘ylab harakatlanmoqda. U 1-fevralda Yerga minimal masofada yaqinlashadi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘tgan yilning mart oyida kashf etilgan C/2022 E3 (ZTF) kometasi 1-fevral kuni Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi. Bu haqda Moskva planetariysi
ma’lum qildi. Kometaning yorqinligi +5 - +4 yulduz kattaligiga yetishi, gazsimon dumining uzunligi esa 10 darajadan ortishi taxmin qilinmoqda.
Bu shahar yoritilishi yo‘q bo‘lganda, uni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkinligini anglatadi. Ayniqsa Rossiya va shimoliy yarim sharning barcha mamlakatlari uchun juda yaxshi ko‘rinish sharoitlariga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, hozir kometa Quyosh tizimining ichki hududi bo‘ylab harakatlanmoqda. U 12-yanvarda Quyoshga eng yaqin nuqtaga yetib bordi va 1-fevralda u Yerdan minimal masofada uchib o‘tadi.
“Shu kuni Yer sayyorasi va kometa o‘rtasidagi masofa 42 million kilometrga (Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofaning uchdan bir qismidan kam) teng bo‘ladi. Kometaning tungi osmondagi “yo‘li” to‘g‘ridan-to‘g‘ri Katta ayiq va Qutb yulduzi o‘rtasidan o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, mazkur kometa uzoq muddatli kometa sifatida tasniflangan va o‘shandan beri u yorqinligini sezilarli darajada oshirdi. Ayni paytda, astronomlarning fikriga ko‘ra, u faqat teleskop yordamida tong otguncha osmonda xira dog‘ shaklida ko‘rinadi.