Lavrov: Yevropadagi ayrim siyosatchilar ulardan foydalanishayotganini tushuna boshladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri bunday vaziyat “bir kun kelib o‘tib ketishi”ga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yevropada bir qator siyosatchilar ulardan foydalanilayotganini va ular ataylab zaiflashtirilayotganini anglay boshladi, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“Yevropa, mening fikrimcha, hech bo‘lmaganda bir qator Yevropa mamlakatlaridagi mas’uliyatli siyosatchilar ulardan foydalanilayotganini, umuman olganda, ular sanoatsizlanishga botirilayotganini, ataylab zaiflashtirilayotganini tushuna boshladi”, - dedi Rossiya vaziri.

Lavrov bunday vaziyat “bir kun kelib o‘tib ketishi va Yevropa davlatlarida hokimiyat tepasiga o‘z xalqlari manfaatlariga ko‘ra ish boshlagan siyosatchilar kelishi”ga ishonch bildirdi.
Ukrainada Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, ammo bu AQSh va Yevropaning o‘zida yoqilg‘i narxining oshishi va rekord darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0