“Dok-1 Maks”dan vafot etgan bolalar oilalariga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabota apteki v Novosibirske
Rabota apteki v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning so‘zlariga ko‘ra, bolalar shu doridan zaharlangani isbotlansa, kompensatsiya mablag‘i to‘lanishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan vafot etgan bolalar oilalariga badal (kompensatsiya) to‘lanishi mumkin. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qildi.
“Dori ichganligi to‘g‘risida ota-onasining suhbatidan aniqlangan. Qaysi dorini ichgan, qaysi doridan zaharlangani hujjat bilan tasdiqlansagina, kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin bo‘ladi”,- dedi Bositxonova Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida berilgan savolga javoban.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozir ularning har biri to‘g‘risida tekshiruvlar olib borilyapti.
“Bu isbotlansa, keyin hech qanday e’tirozsiz barcha kompensatsiya mablag‘i to‘lanadi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 nafar bola vafot etgan.
SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.
Ko‘p o‘tmay prezident Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan ishdan oldi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova “Dok-1 Maks” dori vositasi 2012-yildan beri O‘zbekistonda qo‘llanib kelingani, lekin so‘nggi seriyasida uning tarkibidagi qo‘shimcha moddalardan biri o‘zgarganini ma’lum qildi.
13 yanvar kuni Toshkent sudi “Quramax medical”ga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasini bekor qildi.
Yangiliklar lentasi
0