Zaxarova Kiyevga istalgan qurolni berishga chaqirgan Yevrokomissiya rahbariga murojaat qildi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Zaxarova fon der Lyayenning Kiyev o‘zi qo‘llashi mumkin bo‘lgan har qanday qurolni olishi kerakligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning Kiyev o‘zi qo‘llashi mumkin bo‘lgan har qanday qurolni olishi kerakligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

“Yevropa komissiyasi rahbari fon der Lyayen Ukrainaga u qo‘llashi mumkin bo‘lgan har qanday qurolni berishga chaqirdi. Nima, yadroviymi?” - deb yozdi diplomat Telegram kanalida.

Kuni kecha Yevrokomissiya rahbari 20-yanvar kuni Germaniyaning Ramshtayn aviabazasida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining uchrashuvi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda oldinga muhim qadam bo‘lishiga umid bildirdi va Kiyevga u foydalanishi mumkin bo‘lgan har qanday qurol-yarog‘ni berishga chaqirdi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0