“UzAirways” talabalar uchun 50 foizli chegirma muddatini uzaytirdi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Talabalar uchun aviaqatnovlarga beriladigan 50 foizli chegirma muddati 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi talabalar uchun chiptalarga bo‘lgan chegirmalar muddatini uzaytirdi.
“Uzbekistan Airways” talabalar uchun O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi”, - deyilgan aviakompaniya xabarida.
18 yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.
“Uzbekistan Airways” qishki ta’til munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 22-dekabrdan 10-yanvargacha chegirma taqdim etgan edi. Kuzatilgan g‘ayritabiiy sovuq ob-havo sabab respublikaning deyarli barcha maktablari va oliygohlarida ta’til 22-yanvargacha uzaytirilgan. Darslar 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0