Ukrainada halokatga uchragan vertolot Fransiyadan sotib olingan - OAV

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2015
Otkritie Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2015 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainada avariyaga uchragan vertolot Airbus CE225 - "tug‘ma" texnik muammolarga ega bo‘lgan va oldin ham aynan shu model bir necha bor halokatga uchragan - OAV.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy halokatga uchragan vertolot Fransiyadan sotib olingan va bu modelda qator texnik muammolar bo‘lgan, deb xabar berdi Ukrainaning Strana.ua nashri.

"Bugun Brovarida halokatga uchragan vertolot 2018-yilda Fransiyadan sotib olingan vertolotlar partiyasidan. EC225 (yoki H225) modeli "tug‘ma" texnik muammolari bo‘lgan va Airbus Helicopters shu bo‘yicha bir nechta sud ishlarida ishtirok etgan”, — deyiladi nashr Telegram-kanalida.

Nashrning yozishicha, ushbu vertolotlar ba’zan parvoz paytida vintini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Ularning konstruksiyasida potensial "halokatli nosozlik" bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning bunday xulosalari G‘arb OAVlari tomonidan 2009-yilda Shotlandiya qirg‘oqlari yaqinida aynan shunday vertolotda 14 kishi halokatga uchraganidan keyin 2016-yilda chop etilgan edi.

Xabarda aytilishicha, "Super Puma" vertolotining uzatmalar qutisida ham jiddiy podshipnik muammosi aniqlangan. Ushbu holat ushbu modeldagi vertolotining 2016-yilda 12 kishi halok bo‘lgan va 1980-yildan beri jami oltita boshqa halokat holatlarida ehtimoliy fojia sababi deb hisoblanadi.

"Tasodifmi yoki yo‘qmi - lekin Norvegiyadagi falokatdan bir necha oy o‘tgach, Polsha ushbu vertolotning harbiy versiyasining 50 nusxasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar jarayonidan chiqqan edi. Ushbu uzatmalar qutisi dastlab 1960-yillarda og‘irligi 7 tonna bo‘lgan vertolotlar uchun ishlab chiqilgan. Lekin keyinchalik ular sezilarli darajada og‘irroq modellarda - 11 tonnali vertolotlarda qo‘llanila boshlandi ", - deya qo‘shimcha qilgan nashr.
Aniqlik kiritilishicha, yuqoridagi muammolar tufayli "Super Puma" EC225 LP va AS332 L2 modellari hattoki parvozlarni vaqtinchalik taqiqlagan. Keyin vertolot besh yil davom etishi mumkin bo‘lgan to‘liq modernizatsiyaga muhtoj deb taxmin qilindi. Biroq 2017-yilgacha ko‘plab mamlakatlarda parvozlarni taqiqlash bekor qilindi - ishlab chiqaruvchi muammoni hal qilish yo‘lini topganini e’lon qildi. Biroq xaridorlar tomonidan bir nechta mashina zavodga qaytarildi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni ertalab Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmatiga tegishli vertolot Kiyev viloyatidagi Brovari shahrida bolalar bog‘chasi yaqinida qulab tushdi. Samolyotda to‘qqiz kishi, jumladan, ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Yenin, departament shtat kotibi Yuriy Lubkovich va ularning yordamchilari bo‘lgan. Ularning hammasi vafot etdi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, halokatda 18 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan, ulardan 15 nafari bolalar. Keyinroq Vladimir Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, 15 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan.
Zelenskiyning idorasi ma’lum qilishicha, vertolot janglar ketayotgan qaynoq nuqtalardan biriga yo‘l olgan. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenkoning aytishicha, vertolot halokati sabablari sifatida sabotaj, jihozlarning nosozligi, xavfsizlik qoidalarining buzilishi ko‘rib chiqilmoqda. Zelenskiy UXX va Milliy politsiyaga vertolot halokatining barcha sabablarini aniqlashni topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0