Qashqadaryo viloyatida suv toshqini sodir bo‘ldi

© PixabaySelevoy potok
Selevoy potok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Kecha Qashqadaryo viloyatidagi qishloqning ichki kanallarida suv toshqini sodir bo‘ldi. Toshqin oqibatida muz bo‘laklari to‘planib, suv yo‘nalishini o‘zgarishiga olib kelgan.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida suv toshqini sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani "Samoq" MFY hududidagi ichki kanallarining birida suv toshishi bilan bog‘liq videolavha tarqalgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 17-yanvar kuni soat taxminan 15.30 larda ro‘y bergan.
Mutaxassislar tomonidan holat o‘rganilganda, mazkur hudud aholisi o‘zboshimchalik bilan Qizildarodan foydalanib, suv taqsimlagichini ochishgani aniqlangan. Bu esa qishloqning ichki kanallaridan suvning to‘lib oqishiga sabab bo‘lgan.
Qolaversa, muz bo‘laklari to‘planib, suv yo‘nalishini o‘zgarishiga olib kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Natijasida hech kim tan jarohati olmagan, fuqarolarning hech bir bino-inshootlari va mol-mulkiga ziyon yetmagan.
Yangiliklar lentasi
0