O‘zbekistonda import tovarlari uchun iste’mol kreditlari berilishi kutilmoqda

© Foto : pexels.com/Mikhail NilovJenskie ruki i kalkulyator
Jenskie ruki i kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Deputatlar Iste’mol krediti to‘g‘risidagi qonunning 15-moddasiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda import tovarlari uchun iste’mol kreditlari berilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum qilindi.
Deputatlar Iste’mol krediti to‘g‘risidagi qonunning 15-moddasiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Aytilishicha, mamlakatda keyingi paytlarda iste’mol kreditlari uchun talab ortib bormoqda. Lekin amaldagi qonunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga iste’mol krediti berish cheklangan.
Bu esa aholining o‘z hisobidan kredit evaziga xarid qiladigan mahsulotini tanlash imkoniyatini kamaytirishi bilan birga, iste’molchilar huquq va manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan tovarlar (xizmatlar), shuningdek, O‘zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Hujjat qabul qilinsa O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar (xizmatlar) uchun ham iste’mol krediti ajratishga ruxsat beriladi.
Ma’lumot uchun, iste’mol krediti jismoniy shaxsga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. Kredit doimiy yashash joyiga va doimiy daromadga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi. Mamlakatda iste’mol kreditlari hozircha faqat mahalliy avtomobillar, maishiy texnika va xizmatlar uchun berilmoqda.
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi qonun 2006-yilda qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0