Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 18-yanvarning asosiy xabarlari

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMobilizovannie porazili pozitsii VSU iz modernizirovannix gaubis "Msta".
Mobilizovannie porazili pozitsii VSU iz modernizirovannix gaubis Msta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya doirasida belgilangan rejaga muvofiq Ukraina QKni demilitarizatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Donbass respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini ozod qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligining hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Kraxmalnoe, Dvurechnoe, LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina QKning 14, 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 103-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalariga zarba berdi. Hujum natijasida 60 dan ortiq ukrainalik harbiylar, bronetransportor, ikkita pikap, ikkita yengil avtomobil va AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida Stelmaxovka, Chervonaya Dibrova aholi punktlari va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududlarida to‘plangan dushmanning 92-mexanizatsiyalashgan, 80 va 95 - havo hujumi brigadalari bo‘linmalariga artilleriya va avaitsiya yordamida zarbalar berildi. UQKning kun davomida umumiy yo‘qotishlari 90 dan ortiq harbiy xizmatchilar, bitta BMP va uchta zirhli texnikani tashkil etdi.
Bundan tashqari, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AN/TPQ-50 va AN/TPQ-48 artilleriyaga qarshi radarlari, shuningdek, ST-68 nishonni aniqlash va kuzatuvchi radari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida hujumchi otradlar aviatsiya va artilleriya yordamida DXRning Sol qishlog‘ni ozod qilishdi. Bu yo‘nalishda kun davomida 90 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta texnika, "Msta-B" gaubitsasi va "Grad" yoppasiga raketalardan o‘t ochish jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Kramatorsk shahri hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining HIMARS va "Grad" ko‘p raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida Sharqiy va Janubiy harbiy okruglarning artilleriya bo‘linmalari, shuningdek, Tinch okean flotining dengiz piyodalari Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta guruhlari hujumini bartaraf etdi.
DXRning Stepnoe, Sladkoe va Urojay aholi punktlarida dushmanning umumiy yo‘qotishlari 90 nafar harbiy xizmatchi, to‘rtta zirhli jangovar mashina, bitta pikap va 7ta boshqa texnikani tashkil etdi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya o‘tgan sutka davomida 103 ta hududda joylashgan UQKning 76 ta artilleriya bo‘linmalari o‘q otish pozitsiyalarida mag‘lub etdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti DXRning Yablonovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
LXRning Krivosheyevka, Kremennaya, Chervonopopovka va Krasnorechenskoe aholi punktlari hududlarida kun davomida Ukrainaning 7ta uchuvchisiz apparatlari, DXRning Vladimirovka posolkasida "Olxa" reaktiv o‘t ochish tizimining raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon jami Ukraina 373ta samolyot, 200ta vertolot, 2898ta uchuvchisiz apparat, 401ta zenit-raketa majmuasi, 7563ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 985ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 3855ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8101 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0