Markaziy Osiyodagi sovuq havo hatto Putinni ham hayratda qoldirdi - video

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Tulu
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Tulu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti anomal sovuqqa oid fikrlarini hukumat bilan iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Markaziy Osiyodagi sovuq havo hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham hayratda qoldirdi. U anomal sovuqqa oid fikrlarini hukumat bilan iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Qarang, nima bo‘lyapti: Yevropada havo iliq, Turkmanistonda - bugun men prezident (Serdar Berdimuhamedov) bilan gaplashdim - minus 25. Turkmanistonda! O‘zbekistonda - minus 23” - dedi Rossiya prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligining 2023-yilgi natijasini hech kim bilmaydi. Shuning uchun Rossiya barqaror zaxiralarni saqlab qolishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 9−10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib kelishi boshlandi.
Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha kuzatildi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab eng past harorat qiymatlari so‘nggi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan.
Yangiliklar lentasi
0