Lavrov: G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqidagi bayonotlar bilan niqoblarini yechdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov, arxivnoe foto
Sergey Lavrov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari G‘arbning sanksiya siyosatiga to‘xtaldi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. G‘arb Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi bayonotlar bilan niqoblarini yechdi, endi hech kim hech qanday tartibga rioya qilmayapti, Rossiyaga qarshi sanksiyalar “Rossiya Federatsiyasining amaldagi rahbariyatiga qarshi inqilob”ga qaratilgan”, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Lavrov Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning Davosdagi forumda AQSh va Yevropa mamlakatlari sanksiyalari Rossiya iqtisodiyotini o‘n yillik tanazzulga olib kelishini aytganiga e’tibor qaratdi.

“Shunday ibora bor deyishadi: “niqoblar yechildi”. Ko‘p yillar davomida BMT Xavfsizlik kengashi xalqaro huquqni buzgan, majburiyatlarni buzgan davlatga qarshi sanksiyalarni muhokama qilganda, har safar ma’lum sanksiyalartashabbuskori bo‘lgan g‘arbliklar gap xalqlarni, aholini jazolaydigan sanksiyalar haqida emas, balki rejimlarga qarshi sanksiyalarhaqida deb qasam ichardi. Bu nasihatlar hozir qayerda?”, - dedi Lavrov 2022-yildagi Rossiya diplomatiyasi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar xalqni Rossiyaning amaldagi rahbarlariga qarshi inqilob qildirishga qaratilgani ochiq e’lon qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, bu yerda hech kim hech qanday odob-axloq qoidalariga rioya qilmayapti va unga rioya qilmoqchi ham emas.
Ukrainada Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, ammo bu AQSh va Yevropaning o‘zida yoqilg‘i narxining oshishi va rekord darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0