"Farg‘onaazot" Singapur kompaniyasiga sotildi

© Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Farg‘onaazot" Singapur kompaniyasiga sotildi
Farg‘onaazot Singapur kompaniyasiga sotildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
"Farg‘onaazot" Singapurning "Indorama Corporation" kompaniyasiga 140 million dollarga sotildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Singapurning "Indorama Corporation" kompaniyasi bilan "Farg‘onaazot" ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi arafasida tashkil etilgan biznes-forumda "Farg‘onaazot" ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalar paketi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlari (Term sheet) to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan.
Xususiylashtirish jarayoniga "Deloitte" xalqaro konsalting kompaniyasi yetakchi konsultant, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatchi, KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi esa mustaqil baholovchi sifatida jalb etildi.
Eng maqbul taklifni Singapurning "Indorama Corporation" kompaniyasi taqdim etgan. Taklifga ko‘ra, sotib olish qiymati qariyb 140 million dollar (130 mln dollar va 107 mlrd so‘m)ni tashkil etadi.
Shuningdek, investor korxonani modernizatsiya qilish uchun 100 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritish majburiyatini oladi.
Kelishilgan shartlarga ko‘ra, investorning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
xodimlar sonini va ish haqlarini qisqartirmaslik;
xodimlarning malakasini oshirish hamda zamonaviy ekologik nazorat tizimini ishlab chiqish.
Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.
Bitimni to‘liq yakunlash uchun korxonaga ishlab chiqarish maqsadlari lozim bo‘lgan ehtiyojlarni, shu jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning erkin bozorini yo‘lga qo‘yish va tabiiy gaz ta’minoti kabi masalalarning normativ huquqiy yechimini ta’minlash zarur bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0