https://oz.sputniknews.uz/20230118/bahodir-yoldoshev-31562724.html
Toshkentda Bahodir Yo‘ldoshev xotira kechasi o‘tkaziladi: atoqli rejissor haqida ma’lumotlar
Toshkentda Bahodir Yo‘ldoshev xotira kechasi o‘tkaziladi: atoqli rejissor haqida ma’lumotlar
Sputnik O‘zbekiston
Atoqli rejissor Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. 1970-yili Toshkent teatr va rassomlik instituti rejissorlik yo‘nalishini tamomlagan.
2023-01-18T20:51+0500
2023-01-18T20:51+0500
2023-01-18T20:51+0500
madaniyat
bahodir yo‘ldoshev vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/12/18777093_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_72fbcd89cd87be5cf35a5dc1255ad241.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 21-yanvar kuni “Diydor” eksperimental teatr-studiyasida atoqli rejissor Bahodir Yo‘ldoshevning xotira kechasi o‘tkaziladi. Unda rus adibi Nikolay Nekrasov qalamiga mansub “Mungli kuz” (“Osennyaya skuka”) spektakli namoyish etiladi.O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston san’at arbobi “Diydor” eksperimental teatr-studiyasi asoschisi Bahodir Yo‘ldoshevning xotirasiga Sputnik ijodkor haqidagi ayrim qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi.Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. 1970-yili Toshkent teatr va rassomlik instituti rejissorlik yo‘nalishini tamomlab, Sankt-Peterburgda G.A.Tovstonogov nomidagi Rossiya davlat akademik Katta teatrida malaka oshirgan.Mehnat faoliyatini O‘zbek davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boshlagan. 27 yoshida bu nufuzli teatrga bosh rejissor va badiiy rahbar etib tayinlangan.O‘zbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. 100 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Aktor sifatida 20 ga yaqin kinofilmlarda suratga tushgan.1983 yili A.Qahhor nomidagi Respublika Satira teatriga, 2009-yilda “Diydor” eksperimental teatr-studiyasiga asos solgan. Mustaqillik va Navro‘z bayramlari, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallari, milliy maqom va baxshichilik, milliy hunarmandchilikka bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda bosh rejissorlik qilgan.Taniqli aktor, “Do‘stlik” ordeni sohibi Bobur Yo‘ldoshevning otasi, professional dublyaj va kino aktrisasi Rimma Ahmedovaning turmush o‘rtog‘i. Uning vafotidan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva bilan turmush qurgan.“O‘zbekiston san’at arbobi” va “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan. Ko‘plab xalqaro festival va forumlarda ishtirok etgan.Bahodir Yo‘ldoshev 2021-yil 16-may kuni 76 yoshida vafot etdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, o‘zbek xalqining buyuk san’atkor farzandi, betakror shaxs, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Bahodir Yo‘ldoshevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qolishini qayd etgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/12/18777093_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_a82d9d5d8dc98a34dd512b257862fb97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bahodir baxodir yo‘ldoshev ma’lumot xakida haqida rejissor
bahodir baxodir yo‘ldoshev ma’lumot xakida haqida rejissor
Toshkentda Bahodir Yo‘ldoshev xotira kechasi o‘tkaziladi: atoqli rejissor haqida ma’lumotlar
Bahodir Yo‘ldoshev 27 yoshida O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissori va badiiy rahbari bo‘lgan. 2 ta teatrga asos solgan.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 21-yanvar kuni “Diydor” eksperimental teatr-studiyasida atoqli rejissor Bahodir Yo‘ldoshevning xotira kechasi o‘tkaziladi. Unda rus adibi Nikolay Nekrasov qalamiga mansub “Mungli kuz” (“Osennyaya skuka”) spektakli namoyish etiladi.
O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston san’at arbobi “Diydor” eksperimental teatr-studiyasi asoschisi Bahodir Yo‘ldoshevning xotirasiga
Sputnik ijodkor haqidagi ayrim qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. 1970-yili Toshkent teatr va rassomlik instituti rejissorlik yo‘nalishini tamomlab, Sankt-Peterburgda G.A.Tovstonogov nomidagi Rossiya davlat akademik Katta teatrida malaka oshirgan.
Mehnat faoliyatini O‘zbek davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boshlagan. 27 yoshida bu nufuzli teatrga bosh rejissor va badiiy rahbar etib tayinlangan.
O‘zbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. 100 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Aktor sifatida 20 ga yaqin kinofilmlarda suratga tushgan.
1983 yili A.Qahhor nomidagi Respublika Satira teatriga, 2009-yilda “Diydor” eksperimental teatr-studiyasiga asos solgan. Mustaqillik va Navro‘z bayramlari, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallari, milliy maqom va baxshichilik, milliy hunarmandchilikka bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda bosh rejissorlik qilgan.
Taniqli aktor, “Do‘stlik” ordeni sohibi Bobur Yo‘ldoshevning otasi, professional dublyaj va kino aktrisasi Rimma Ahmedovaning turmush o‘rtog‘i. Uning vafotidan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva bilan turmush qurgan.
“O‘zbekiston san’at arbobi” va “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan. Ko‘plab xalqaro festival va forumlarda ishtirok etgan.
Bahodir Yo‘ldoshev 2021-yil 16-may kuni 76 yoshida
vafot etdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, o‘zbek xalqining buyuk san’atkor farzandi, betakror shaxs, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Bahodir Yo‘ldoshevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qolishini
qayd etgandi.