AQSh Yevropada kolonializm siyosatini olib bormoqda - Lavrov
AQSh Yevropada kolonializm siyosatini olib bormoqda - Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Bir necha yil oldin Rossiyaning uzoq muddatli gaz yetkazib berish shartnomasidan voz kechgan Yevropa bugun o‘zi boshqa davlatlarga ana shunday taklif bilan chiqmoqda. 18.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. AQShning Yevropaga nisbatan siyosatini kolonializm deyish mumkin. Uning maqsadi yangi hududlarni o‘ziga bo‘ysundirish va uning resurslaridan foydalanish, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. "Bugun Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish borasida kulguli va ayanchli vaziyat yuzaga kelgan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.Menimcha birjadagi narxlar zig-zagiga qaram bo‘lmasdan, yetkazib berish imkoniga ega bo‘lgan ishonchli hamkorlar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish – o‘zini energiya manbai bilan ta’minlashning eng maqbul va kafolatlangan yo‘li bo‘lardi.Nima bo‘lganda ham, bugun Yevropa suyultirilgan gazga o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Bunining oqibatlari esa allaqachon ko‘rinib qolgan. Gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq barcha sohalarda ishlab chiqarish xarajatlari oshmoqda. Kelajakda yanada oshadi.
Bir necha yil oldin Rossiyaning uzoq muddatli gaz yetkazib berish shartnomasidan voz kechgan Yevropa bugun o‘zi boshqa davlatlarga ana shunday taklif bilan chiqmoqda.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. AQShning Yevropaga nisbatan siyosatini kolonializm deyish mumkin. Uning maqsadi yangi hududlarni o‘ziga bo‘ysundirish va uning resurslaridan foydalanish, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
"Bugun Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish borasida kulguli va ayanchli vaziyat yuzaga kelgan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bir vaqtlar yevropaliklar biz taklif qilgan uzoq muddatli shartnomalardan voz kechib, gazni birjada spot narxlarda xarid qilishni so‘ragan edi. Endi bo‘lsa birjadagi narxlar, o‘zingizga ma’lum, va yevropaliklarning o‘zi Qatarga uzoq muddatli shartnoma tuzish uchun murojaat qilmoqda. Qatar ham mayli marhamat – faqat kamida 15-yil dedi. Shundan so‘ng ular AQShga murojaat qilishdi –AQSh ham kamida 15-yil talab qilgan. Bu kecha ma’lum bo‘ldi.
Menimcha birjadagi narxlar zig-zagiga qaram bo‘lmasdan, yetkazib berish imkoniga ega bo‘lgan ishonchli hamkorlar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish – o‘zini energiya manbai bilan ta’minlashning eng maqbul va kafolatlangan yo‘li bo‘lardi.
Nima bo‘lganda ham, bugun Yevropa suyultirilgan gazga o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Bunining oqibatlari esa allaqachon ko‘rinib qolgan. Gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq barcha sohalarda ishlab chiqarish xarajatlari oshmoqda. Kelajakda yanada oshadi.
Natijada ayrim yevropalik ishlab chiqaruvchilar sekin asta Amerikaga ko‘chib o‘tmoqda. Buni yashirib bo‘lmaydi. Darvoqe, ekspertlar aytishiga ko‘ra Ukraina atrofida bo‘layotgan voqealarning maqsadlaridan biri ham aynan shu bo‘lgan. Ya’ni Yevropa biznesini raqobatdan chiqarish, iloji bo‘lsa o‘ziga bo‘ysundirish. Buni yangi, aniqrog‘i odatiy, kolonializm deyish mumkin. Uning maqsadi har doimgidek – yangi hududlarni o‘ziga bo‘ysundirish va uning resurslaridan foydalanish. Dastlab Yevropa, keyin ehtimol Xitoy", - dedi Lavrov.
Rossiya gazi va Yevropa
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari AQSh bosimi ostida Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritdi. Rossiya bunga javoban o‘z gazini faqat rublda sotishini belgiladi.
Ustiga ustak qurib bitkazilgan va foydalanishga tayyor bo‘lgan Rossiya va bir necha YeI davlatlari sherikligida qurilgan "Shimoliy oqim-2" gaz quvurida diversiya uyushtirildi va quvur portlatib yuborildi. Shundan so‘ng Yevropada faqat cheklangan miqdorda Rossiya gazini olish imkoni qoldi.
YeI Qatar va AQShdan olib kelinadigan suyultirilgan gazga o‘tishga majbur bo‘ldi, birjada gaz va elektr energiyasi narxi keskin oshib ketdi. Bundan nafaqat uy xo‘jaliklari balkim ishlab chiqaruvchilar ko‘proq zarar ko‘ra boshladi. Ko‘plab zavod-fabrika va fermer xo‘jaliklari faoliyatini to‘xtatishga yoki boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘ldi.