Vyetnam prezidenti iste’foga chiqdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Vyetnama Nguyen Suan Fuk na 12-m Aziatsko-yevropeyskom sammite (ASEM) v Brussele.
Premyer-ministr Vyetnama Nguyen Suan Fuk na 12-m Aziatsko-yevropeyskom sammite (ASEM) v Brussele. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Fuk 2021-yil aprel oyida prezident etib saylangan.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Vyetnam hukmron partiyasi markaziy qo‘mitasi mamlakat prezidenti Nguyen Suan Fukning ixtiyoriy iste’fosini qabul qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “VnExpress” gazetasi qo‘mita bayonotiga tayanib xabar bergan.

“(Prezident – ​​tahr.) bir necha mansabdor shaxslar, jumladan, ikki bosh vazir o‘rinbosari va uch vazir og‘ir oqibatlarga olib kelgan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani uchun javobgar bo‘lgan. Ikki vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgan, ikki vazir va yana bir qancha amaldorlar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Javobgarligini yaqqol anglagan Fuk barcha lavozimlaridan ketishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Fuk 2016-2021 yillarda Vyetnam bosh vaziri bo‘lgan. U 2021-yil aprel oyida prezident etib saylangan.
Yangiliklar lentasi
0