Toshkent hayvonot bog‘i yana o‘z faoliyatini boshladi

Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, qorlar eriy boshlagani sababli bog‘ odatdagidek ish faoliyatiga qaytmoqda.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘i yana o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, qorlar eriy boshlagani sababli bog‘ odatdagidek ish faoliyatiga qaytmoqda.

“O‘tgan shu kunlarda hududimizni singan daraxt shoxlaridan tozaladik. Endi hamma yerlar tozalanib, sizga hech qanday xatar xavf solmaydi”, - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, bog‘ hududida 2 ta kirish yo‘li ochiq va yangi katta avtoturargoh ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz 10-yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘i vaqtincha yopilgan edi. Toshkentda yoqqan kuchli qor tufayli hayvonot bog‘ida daraxt shoxlari sina boshlagan. Mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bog‘ni vaqtincha yopishga qaror qilingan.
Yangiliklar lentasi
0