Samarqandda triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi

© SputnikO‘zbekiston Triatlon federatsiyasi
O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand kuz oyida triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand" xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda Rossiya, Belarus, Bolgariya, Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlaridan 1700 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Samarqandda triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan xalqaro doiradagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi 15–17 sentabr kunlari sportchilar va havaskorlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand" (suzish – velosport – yugurish) xalqaro musobaqasini o‘tkazadi.
Ushbu musobaqada Rossiya, Belarus, Bolgariya, Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlaridan 1700 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi.
Musobaqalar Silk Road Samarkand turistik markazida tashkil etilib, “Challenge Family” xalqaro brendi ostida bo‘lib o‘tadi.
Sportchilar Amir Temur xotira maydoni, Registon ansambli, Bibixonim arxitektura yodgorligini ziyorat qilishadi hamda Samarqand shahri bo‘ylab sayohatlar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Challange Samarkand - Challenge Family brendi ostidagi birinchi va yagona xalqaro musobaqa bo‘lib, unda professional triatletchilar, havaskorlar, ayollar, bolalar ham ishtirok etishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0