https://oz.sputniknews.uz/20230117/salbiy-his-tuygular-saratonni-rivojlantirishi-mumkin--mutaxassis--31532914.html
Salbiy his-tuyg‘ular saratonni rivojlantirishi mumkin – mutaxassis
Salbiy his-tuyg‘ular saratonni rivojlantirishi mumkin – mutaxassis
Sputnik O‘zbekiston
Albatta, bu og‘ir hissiy lahzalarni boshdan kechirgan har bir inson saraton kasalligiga duchor bo‘ladi degani emas. Lekin stress holatini surunkali boshdan kechiruvchi insonlarda ko‘pincha doimiy charchoq va qalqonsimon bez bilan bog‘liq
2023-01-17T22:08+0500
2023-01-17T22:08+0500
2023-01-17T22:08+0500
bu qiziq
saraton
shifokorlar tavsiyasi
doktor maslahati
kasallik
foydali
shifokor
sog‘liq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/16/21465310_0:0:1921:1080_1920x0_80_0_0_899ba2c6396c4ac977bea83239c34429.jpg
Salbiy his-tuyg‘ular insonlarda onkologik kasalliklarni rivojlantirishi mumkin. Bunday to‘xtamga olimlar sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar asosida kelishdi.Sibir Sitologiya va genetika instituti olimlari davomli stress va depressiya insonlarda saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqlashdi.Aytilishicha, noto‘g‘ri genetik ma’lumotga ega bo‘lgan hujayralar tananing ma’lum bir joyida to‘planganda saraton paydo bo‘ladi.Sog‘lom immun tizimi odatda ular bilan muvaffaqiyatli kurashadi, ammo agar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, mutatsiyaga uchragan hujayralar qarshilikka duch kelmasdan, o‘simta hosil qiladi.Stress holatida buyrak usti bezlari ko‘proq noradrenalin va kortizol ishlab chiqaradi. Ushbu gormonlarning ikkalasi ham o‘simta hujayralarini "uyg‘otuvchi" maxsus oqsillarni chiqaradigan immun tizimining hujayralariga ta’sir qiladi.Albatta, bu og‘ir hissiy lahzalarni boshdan kechirgan har bir inson saraton kasalligiga duchor bo‘ladi degani emas. Stressning paydo bo‘lishi va uning o‘tib ketishi bu normal holat. Lekin stress holatini surunkali boshdan kechiruvchi insonlarda ko‘pincha doimiy charchoq va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar vujudga keladi. Bunda immun tizimi allaqachon noto‘g‘ri ishlayotganligi sababli o‘simta paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.Laboratoriya sichqonlaridan farqli o‘laroq, insonda bu tajribani amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, olimlar retrospektiv ma’lumotlarga asoslanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/16/21465310_0:0:1695:1271_1920x0_80_0_0_1a92d4c63864962bbd40134d24150002.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saraton rak ma’lumot his tuyg‘u
saraton rak ma’lumot his tuyg‘u
Salbiy his-tuyg‘ular saratonni rivojlantirishi mumkin – mutaxassis
Sibir Sitologiya va genetika instituti olimlari davomli stress va depressiya insonlarda saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqlashdi.
Salbiy his-tuyg‘ular insonlarda onkologik kasalliklarni rivojlantirishi mumkin. Bunday to‘xtamga olimlar sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar asosida
kelishdi.Sibir Sitologiya va genetika instituti olimlari davomli stress va depressiya insonlarda saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqlashdi.
Aytilishicha, noto‘g‘ri genetik ma’lumotga ega bo‘lgan hujayralar tananing ma’lum bir joyida to‘planganda saraton paydo bo‘ladi.
Sog‘lom immun tizimi odatda ular bilan muvaffaqiyatli kurashadi, ammo agar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, mutatsiyaga uchragan hujayralar qarshilikka duch kelmasdan, o‘simta hosil qiladi.
Stress holatida buyrak usti bezlari ko‘proq noradrenalin va kortizol ishlab chiqaradi. Ushbu gormonlarning ikkalasi ham o‘simta hujayralarini "uyg‘otuvchi" maxsus oqsillarni chiqaradigan immun tizimining hujayralariga ta’sir qiladi.
Albatta, bu og‘ir hissiy lahzalarni boshdan kechirgan har bir inson saraton kasalligiga duchor bo‘ladi degani emas. Stressning paydo bo‘lishi va uning o‘tib ketishi bu normal holat. Lekin stress holatini surunkali boshdan kechiruvchi insonlarda ko‘pincha doimiy charchoq va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar vujudga keladi. Bunda immun tizimi allaqachon noto‘g‘ri ishlayotganligi sababli o‘simta paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.
Laboratoriya sichqonlaridan farqli o‘laroq, insonda bu tajribani amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, olimlar retrospektiv ma’lumotlarga asoslanadi.