Rossiya armiyasini keng ko‘lamli o‘zgarishlar kutmoqda - Shoygu

© Sputnik / Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSoveshanie S. Shoygu s rukovodstvom Minoboroni RF
Soveshanie S. Shoygu s rukovodstvom Minoboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Qurolli kuchlar sonini bir yarim million harbiy xizmatchiga ko‘paytirishga qaror qilgan.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya armiyasini 2023-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davrda keng ko‘lamli o‘zgarishlar kutmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘tkazgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi prezidenti Qurolli kuchlar sonini bir yarim million harbiy xizmatchiga ko‘paytirishga qaror qildi. Davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash, Rossiya Federatsiyasining yangi subyektlari va o‘ta muhim obyektlarini himoya qilish faqat Qurolli kuchlarning asosiy tarkibiy qismlarini mustahkamlash orqali kafolatlanadi”, - deya Shoyguning so‘zlari keltirilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, gap boshqa narsalar qatorida Rossiyaning yangi harbiy-ma’muriy bo‘linishi haqida ketmoqda.
Ushbu o‘zgartirishlar barcha vazir o‘rinbosarlari, Qurolli kuchlar bo‘linmalari bosh qo‘mondonlari, harbiy okruglar va harbiy qismlar qo‘mondonlaridan asosli qarorlar qabul qilishni talab etishi ta’kidlandi.
Vazir, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni qo‘shinlarga jamlash, poligonlar sonini, shu jumladan, Rossiyaning yangi hududlarida ko‘paytirish, shuningdek, armiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish muhimligini ta’kidladi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0