Qirg‘iziston mamlakatdan valyuta olib chiqishga cheklov joriy qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda Qirg‘iziston fuqarolari 10 ming dollardan ortiq pul olib chiqqqan taqdirda, oshib ketgan summaning 10 foizi uchun ortiqcha to‘lov qilishi kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston naqd xorijiy valyutani olib chiqishni vaqtincha chekladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi mamlakatdan naqd dollar olib chiqishga cheklov joriy qilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish, Qirg‘iziston milliy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Quyidagilarga vaqtinchalik ruxsat berilmaydi:
Norezidentlarga va chet el fuqarolariga 5 ming dollardan ortiq naqd pul olib chiqish;
Qirg‘iziston rezidentlari va fuqarolariga 10 ming dollardan ortiq naqd pulni olib chiqish.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston rezidentlari va fuqarolari 10 ming dollardan ortiq pul olib chiqqqan taqdirda, oshib ketgan summaning 10 foizi uchun ortiqcha to‘lov undiriladi.
Ma’lumot uchun, avvallari Qirg‘izistondan 10 ming dollar olib chiqishda deklaratsiya to‘ldirilar edi. So‘nggi oylarda Qirg‘izistonda naqd dollar taqchilligi kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0