https://oz.sputniknews.uz/20230117/pushilin-rossiya--31531300.html
Pushilin: Rossiya harbiylari Marinkada muhim muvaffaqiyatlarga erishmoqda
Pushilin: Rossiya harbiylari Marinkada muhim muvaffaqiyatlarga erishmoqda
Sputnik O‘zbekiston
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
2023-01-17T16:21+0500
2023-01-17T16:21+0500
2023-04-05T18:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
denis pushilin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23098528_0:0:3327:1872_1920x0_80_0_0_a5d511f941769b93a98e230e691e6378.jpg.webp
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Rossiya harbiylari Marinkada muhim muvaffaqiyatlarga erishayotganini ma’lum qildi. Pushilinning qo‘shimcha qilishicha, u yaqin kelajakda harbiylar qishloq ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishiga umid qilmoqda.Marinka - DXR poytaxtining Petrovskiy tumanidan bir kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda Ukraina kuchlarining muhim pozitsiyalari joylashgan.Shuningdek, Pushilin Rossiya kuchlari Soledardagi Sol temir yo‘l stansiyasini egallab olgani va Seversk va Artomovsk o‘rtasidagi Ukraina qurolli kuchlari aloqasini uzib qo‘yishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.Artomovsk DXRning Kiyev nazoratidagi qismida, yirik Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Soledar Artomovskdan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23098528_263:0:2994:2048_1920x0_80_0_0_bfd97bce7a0b5831e7cdebb512923b12.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pushilin rossiya ukraina maxsus operatsiya yangiliklar sunggi so‘nggi xabarlar
pushilin rossiya ukraina maxsus operatsiya yangiliklar sunggi so‘nggi xabarlar
Pushilin: Rossiya harbiylari Marinkada muhim muvaffaqiyatlarga erishmoqda
16:21 17.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) DXR rahbari vazifasini bajaruvchi u yerda barcha balandliklar tozalanib bo‘lingani va harbiylar tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Rossiya harbiylari Marinkada muhim muvaffaqiyatlarga erishayotganini ma’lum qildi.
“Marinka aholi punktida ham ma’lum muvaffaqiyatlar bor. Barcha balandliklar tozalanib bo‘lingan va bo‘linmalarimiz tomonidan nazoratga olingan. Bu yerda harbiy xizmatchilarimizning kechayu kunduz ishlayotganini ko‘rmoqdamiz”, - dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.
Pushilinning qo‘shimcha qilishicha, u yaqin kelajakda harbiylar qishloq ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishiga umid qilmoqda.
Marinka - DXR poytaxtining Petrovskiy tumanidan bir kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda Ukraina kuchlarining muhim pozitsiyalari joylashgan.
Shuningdek, Pushilin Rossiya kuchlari Soledardagi Sol temir yo‘l stansiyasini egallab olgani va Seversk va Artomovsk o‘rtasidagi Ukraina qurolli kuchlari aloqasini uzib qo‘yishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.
Artomovsk DXRning Kiyev nazoratidagi qismida, yirik Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Soledar Artomovskdan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.