Koronavirus kasalligi yengil va simptomlarsiz kechmoqda – SES

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19
Meditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Bemorlarda tana harorati yuqori bo‘lmasligi, isitmalash davri bir kundan uch kungacha davom etishi, ba’zi insonlarda tana harorati umuman ko‘tarilmasligi mumkin.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Shu kunlarda koronavirus kasalligi yengil va simptomlarsiz kechmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SES) ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu sababli bemorlarda tana harorati yuqori bo‘lmasligi, isitmalash davri bir kundan uch kungacha davom etishi, ba’zi insonlarda tana harorati umuman ko‘tarilmasligi mumkin.
Bunday holatlarda COVID-19 infeksiyasini PZR testi, ekspress testlar yordamida organizmga tushgan yoki tushmaganligini bilish mumkin.

“Hurmatli fuqarolar, agarda siz yoki oila a’zolaringizda shamollash belgilari kuzatilsa, zudlik bilan yashash hududingizdagi oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat etishingiz tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan dori vositalarini iste’mol qilmaslikni eslatib o‘tamiz”, - deyiladi xabarda.

Koronavirusga PZR-test topshirish uchun hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlariga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari 12 foizga kamayganini ma’lum qilgan edi. 2-8 yanvar kunlari kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 9 foizga kamaygan.
Kamayish ko‘rsatkichlariga qaramay, JSST dunyo bo‘ylab “omikron”ning yangi — XBB.1.5 subvarianti (kraken) tez sur’atlarda tarqalayotgani bois aholiga COVID-19 ga qarshi to‘liq bosqichlarda va buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0