Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Doneskda UQK o‘qqa tutishi oqibatida vayronalar ostida qolgan ikki ayol jasadi chiqarib olindi

Obuna bo‘lish
Ukrainalik jangarilarning Kalinin tumanidagi savdo markazini o‘qqa tutishi oqibatida ikki ayol halok bo‘lgan.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Qutqaruvchilar Doneskning Kalinin tumanidagi vayron bo‘lgan savdo markazi binosining uyumlari ostidan halok bo‘lgan ikki kishining jasadini chiqarib olishdi. Bu haqda Donesk xalq respublikasi (DXR) Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lgan 1977-yilda tug‘ilgan ayolning jasadi soat 23:50 da, 1975-yilda tug‘ilgan ikkinchi ayolning jasadi esa soat 02:28 da chiqarib olingan.
Respublika FVV bino vayronalarini tozalash ishlari davom ettirilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ukrain qo‘shinlari 16-yanvar kuni soat 08:35 da Doneskning Kalinin tumaniga zalp bilan o‘t ochuvchi uchta raketa zarbasini bergan. Savdo markazi, texnik xizmat ko‘rsatish binosi zarar ko‘rgan. Ukrain snaradlari “Avoska” supermarketi, dorixona va turar joyga kelib tushgan. Kechga yaqin vayronalar ostidan halok bo‘lgan erkakning jasadi topilgan.
Avvalroq DXR Xalq militsiyasi zobiti, respublika parlamenti deputati Andrey Bayevskiy UQK Doneskning Kalinin tumanini o‘qqa tutishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. U jabrlanganlar soni oshishi mumkinligini istisno qilmagandi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0