https://oz.sputniknews.uz/20230117/bir-hafta-ichida-poytaxt-aholisining-gaz-va-elektrga-bolgan-ehtiyoji-qondiriladi-31516610.html
Bir hafta ichida poytaxt aholisining gaz va elektrga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi
Bir hafta ichida poytaxt aholisining gaz va elektrga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 17.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-17T08:50+0500
2023-01-17T08:50+0500
2023-01-17T10:56+0500
jamiyat
hokimiyat
elektr energiyasi
gaz
baxtiyor rahmonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0d/31435578_0:162:3066:1887_1920x0_80_0_0_1326f059a5f3ed827d7d81937f7333f6.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Bir hafta ichida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hokimlik rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.Prezident qayd etgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratildi.Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi.Eslatib o‘tamiz, kecha prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda energetika tizimidagi mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratish topshirildi.Unda ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi. Energiya ta’minotida qayerda uzilish bo‘lgan bo‘lsa, uning sabablarini ko‘rsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0d/31435578_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_649f97507b8034c6fbbae37e407be98f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hokimiyat, elektr energiyasi, gaz, baxtiyor rahmonov
jamiyat, hokimiyat, elektr energiyasi, gaz, baxtiyor rahmonov
Bir hafta ichida poytaxt aholisining gaz va elektrga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi
08:50 17.01.2023 (yangilandi: 10:56 17.01.2023) Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Bir hafta ichida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum
qilindi. Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hokimlik rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.
Prezident qayd etgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratildi.
“Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.
Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda energetika tizimidagi mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratish topshirildi.
Unda ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qo‘yildi. Energiya ta’minotida qayerda uzilish bo‘lgan bo‘lsa, uning sabablarini ko‘rsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd
etildi.