https://oz.sputniknews.uz/20230117/ayrim-hududlarda-tatil-muddati-yana-uzaytirildi---tafsilotlar--31517179.html
Ayrim hududlarda ta’til muddati yana uzaytirildi - tafsilotlar
Ayrim hududlarda ta’til muddati yana uzaytirildi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
2023-01-17T09:23+0500
2023-01-17T09:23+0500
2023-01-18T07:28+0500
jamiyat
maktab
ta’til
andijon
buxoro
xorazm viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20980083_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_7345998404a291fa31acbf68467e7d3c.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ta’til muddati 22-yanvarga qadar uzaytirildi.Qayd etilishicha, Toshkent shahri va viloyatidagi ta’lim muassasalari - maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi. Shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim obyektlaridagi harorat belgilangan meyorda bo‘lishi nazoratga olinadi.Buxoro viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi. Aytilishicha, sovuq havoning davom etishi va ota-onalarning fikrlari inobatga olingan holda ta’tilni uzaytirishga qaror qilingan.Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi barcha ta’lim muassasalari uchun ham ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi. Qayd etilishicha, mazkur qarorga mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda kelingan.Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlaridagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.Navoiy viloyati maktablarida ham qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.Mazkur hududlarda o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida darslar 18-yanvardan boshlanishini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni sovuq ob-havo munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida ta’til 17-yanvarga qadar uzaytirilgan edi. Hozirda viloyat hokimliklari ob-havo va ta’lim muassasalaridagi sharoitdan kelib chiqib, ta’til jadvalini mustaqil belgilamoqda. Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20980083_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fb9c433dfe9f7cd646504bcd34e3e4a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maktab ta’til uzaytirildi dars qachon kishki ta’til
maktab ta’til uzaytirildi dars qachon kishki ta’til
Ayrim hududlarda ta’til muddati yana uzaytirildi - tafsilotlar
09:23 17.01.2023 (yangilandi: 07:28 18.01.2023) Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ta’til muddati 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri va viloyatidagi ta’lim muassasalari - maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi. Shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim obyektlaridagi harorat belgilangan meyorda bo‘lishi nazoratga
olinadi.Buxoro viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi. Aytilishicha, sovuq havoning davom etishi va ota-onalarning fikrlari inobatga olingan holda ta’tilni uzaytirishga qaror
qilingan.Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi barcha ta’lim muassasalari uchun ham ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi. Qayd etilishicha, mazkur qarorga mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda
kelingan.Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlaridagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham qishki ta’til 22-yanvarga qadar
uzaytirildi.Navoiy viloyati maktablarida ham qishki ta’til 22-yanvarga qadar
uzaytirildi.Mazkur hududlarda o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida darslar 18-yanvardan boshlanishini
ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni sovuq ob-havo munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida ta’til 17-yanvarga qadar uzaytirilgan edi. Hozirda viloyat hokimliklari ob-havo va ta’lim muassasalaridagi sharoitdan kelib chiqib, ta’til jadvalini mustaqil belgilamoqda.
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib
chiqmoqda.