AQSh dunyoga yangi pandemiya bilan tahdid qilmoqda
21:46 17.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey VitviskiyShtab-kvartira VOZ v Jeneve, arxivnoe foto
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
Obuna bo‘lish
Ba’zida eng muhim voqealar zamonaviy OAVlarning kun tartibida umuman ko‘rinmaydi va bu ataylab qilinayotganga o‘xshaydi.
Misol uchun, biz eski Yangi yil bayramini nishonlayotgan vaqtimizda, Jenevala Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti umumjahon Sog‘liqni saqlash qoidalarini IHR (International health regulations) qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha oltinchi yig‘ilishi imi-jimida sezilmas tarzda bo‘lib o‘tdi.
Vaholanki, ushbu Sog‘liqni saqlash qoidalari JSST tarkibiga kiruvchi barcha 194 mamlakatda, ya’ni butun dunyoda – majburiydir!
2020 yil pandemiyada biz Jenevadagi ofisining kuchi qanchalik global ekanligini to‘liq anglab yetdik. Ommaviy tarzda niqoblar, chegaralrni yopish, ijtimoiy masofa saqlash, koronavirusni davolash algoritmlari - bularning barchasi bizga JSST tomonidan buyurilgan edi.
JSSTda 12-yanvar kuni boshlangan yig‘ilishda aynan shu “Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalari”ga (IHR) o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilindi. May oyida ular yakuniy ko‘rinishda qabul qilinadi. Tashkilotdagi “eshitish va muhokamalar” qanchalik xotirjam davom etayotganiga qaraganda, bu borada JSST ichida hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Demak yangi qoidalar qabul qilinadi va ular barcha uchun majburiy bo‘ladi. Milliy hukumatlar darajasida hech qanday muhokamalar yoki ratifikatsiyalar nazarda tutilmagan. Ya’ni bu borada xalqlar fikri hech kimni qiziqtirmaydi. JSST nima desa – shu bo‘ladi!
Qizig‘i shundaki, tuzatishlarning muhim qismi Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan taklif qilingan. Buning ajablanarli joyi yo‘q - Vashington uzoq vaqtdan beri JSSTning eng yirik homiysi bo‘lib kelgan. Ushbu idoraning asosiy shaxsiy homiysi - Bill Geyts bo‘lib, u tashkilotga cheksiz miqdorda dollar to‘kmoqda. Amerika matbuoti uni "sayyoradagi eng kuchli shifokor" deb ataydi.
Xo‘sh, Qoidalarga qanday o‘zgarishlar kiritish taklif etilmoqda?
Keling, JSSTning rasmiy veb-saytini ko‘rib chiqaylik.
Birinchidan, "jamoat salomatligi uchun favqulodda vaziyat" tushunchasiga juda noaniq tavsif berilgan. Bu ham kasallikning avj olishi, ham tabiiy ofatni, ham infratuzilmaning qulashi va harbiy mojarolar yoki ijtimoiy notinchlik bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, milliy hukumatlarning JSST oldidagi majburiyatlari, hisobot berishi va nazorati tizimi qat’iylashtirilmoqda. Har qanday favqulodda vaziyat haqida muammo yuzaga kelgan davlat zudlik bilan JSSTga xabar berishi kerak. Ayniqsa, nafaqat kasallikning umumiy tabiati, balki "virusning genetik ketma-ketligi" haqida ham ma’lumot berish kerakligi alohida ta’kidlangan. Aytish joizki “Genetik ketma-ketliklar” to‘g‘risidagi tuzatishni aynan amerikaliklarkiritgan.
Shu bilan birga, JSST favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ma’lumotni nafaqat milliy sog‘liqni saqlash vazirliklaridan, balki ba’zi boshqa manbalardan ham olishi mumkin. Tashkilot bu manbalarni hukumatga oshkor qilishi shart emas.
Keyingi yangilik esa yanada hayratlanarli. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan mamlakat 24 soat ichida JSST bilan hamkorlikni boshlashi shart, ya’ni sog‘liqni saqlash tizimini tashqi boshqaruvga topshirishi majburiyatini oladi.
Undan so‘ng,FV yuz bergan davlat 48 soat ichida bunga rozi bo‘lmasa, JSST barcha a’zo davlatlarga ushbu mamlakatdan olingan barcha ma’lumotlarni oshkor qiladi. Ya’ni, u har qanday davlatning eng nozik, aytish mumkinki, intim sohasi - o‘z fuqarolarining sog‘lig‘i, mahalliy viruslar va infeksiyalar, shuningdek, amerikaliklar o‘z laboratoriyalarida ishlashni yaxshi ko‘radigan o‘sha "genetik ketma-ketliklar" haqida ma’lumotlarni nashr etadi. Naqadar “Chiroyli sxema”, shunday emasmi?
Bundan Amerika JSST orqali milliy hukumatlar va milliy sog‘liqni saqlash tizimlari ustidan nazoratini kuchaytirayotgani aniq ko‘rinib turibdi. Bu hatto tuzatishlarda qalin qora harflar bilan bo‘rttirib yozilgan: “Oldin JSST buni qilishi mumkin, bunday qilishga haqli, deb yozilgan bo‘lsa, endi “JSST bunday qiladi” deb qat’iy ko‘rsatilgan. Har qanday vaziyat favquloddami yoki yo‘q – JSST direktori hal qiladi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda u - Tedros Adhanom Gebreyesus.
Doktor Tedros – aslida shifokor emas va hech qachon tibbiyotni o‘rganmagan. O‘z vatani Efiopiyada u qonli fuqarolar urushida faol ishtirok etgan “Tigrai ozodlik fronti” radikal tashkilot a’zosi edi. Doktor Tedros o‘z mamlakatida Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlaganidan so‘ng, vatandoshlar uni amxara xalqini genotsid qilishda ayblagan edi. Oh, bu yovuz tillar quroldan ham battar.
JSST bosh direktori tomonidan yaratilgan Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi global miqyosda tibbiyot sohasida – Favqulodda Qo‘mitaga aylanadi (ChK). U global miqyosda transport va ta’minot zanjirlarini buzish, sayohatlarni taqiqlash, davolash va oldini olish kabi muammolarni hal qiladi.
Qayta ko‘rib chiqilgan Sog‘liqni saqlash qoidalari (IHR) 2024-yilda qabul qilinadigan yangi Pandemiyalarning oldini olish shartnomasi bilan muvofiqlashtiriladi. “Pandemiyalarning oldini olish" g‘oyasi ham, albatta Amerikadan kelib chiqqan va ular bu mavzuni tinimsiz darajada targ‘ib qilishmoqda, hatto eng yuqori darajalarda.
"Keyingi pandemiya yanada yomonroq bo‘ladi", deb ogohlantirilgan Oq uyning 2021-yildagi rasmiy eslatmasida. “Ehtimol, biz navbatdagi pandemiyaga bir necha oy qolgandirmiz,” deydi shov-shuvli amerikalik shifokor Kreyg Spenser bugun rasmiylarga. “Biz yangi gripp virusidan atigi bir irsiy qadam uzoqdamiz, bu bizni, ilgari hech qachon bo‘lmagan, halokatli pandemiyaga olib keladi" va ho kazo.
Bu, albatta, shunchaki tasodif, lekin doktor Spenserning maqolasi chiqishidan bir necha kun oldin, Boston universiteti laboratoriyasi tadqiqotchilari koronavirusning o‘ta holkatlari varianti - o‘lim darajasi 80 %ga teng bo‘lgan variantini kashf qilishgani haqida e’lon qilishdi. Ushbu tadqiqot AQSh hukumati tomonidan moliyalashtirilgan.
Keling, sanalarni yana bir bor ko‘rib chiqaylik. JSST sog‘liqni saqlash qoidalarining yangi tahririni 2024-yilda Pandemiyaning oldini olish bo‘yicha shartnoma bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda. 2024-yilda bizda nima bo‘ladi? To‘g‘ri, AQShda prezidentlik saylovlari. Demokratik partiya vakillari o‘z nomzodini Oq uyga halol yo‘l bilan itarib yubora olmasligini bilishadi. Ammo agar siz elektoratni uyga qamab qo‘ysangiz va barchani yangi pandemiya bilan qo‘rqitsangiz, hatto Jo Bayden ham prezident bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.
Tashqi siyosatda pandemiya mavzusi Vashingtonga norozi bo‘lgan mamlakatga bosim o‘tkazish vositasidir. Aynan Lukashenkoning uni koronavirus bilan kurashmayotganlikda ayblashi muvaffaqiyatsiz Belarusda “Maydan”ning kirish qismiga aylangan edi.
Yoki Xitoyni olaylik. Birinchidan, koronavirusni o‘zlari yaratgan amerikaliklar aybni shu zahotiyoq Xitoyga to‘nkashdi. Hatto AQSh siyosatchilari va OAVlari bir necha oy davomida koronavirusga “xitoy virusi” deb nom berishga urinishdi. Ular Pekinni tamg‘alab, tovon to‘lashni talab qilishdi.
Xitoy barcha tanqidchilarni sharmanda qildi va AQShda yuz minglab odamlar o‘layotgan bir paytda o‘lim ko‘rsatgichi bo‘yicha - nolga erishdi. Keyin AQSh Xitoyni haddan ortiq cheklovlar kiritishda ayblashdi.
Har qanday pandemiya - haqiqiy yoki xayoliy - Vashington uchun darhol o‘z raqibiga zarba berish uchun imkoniyatga aylanadi. Bugungi kunda JSST unga faol yordam bermoqda.
Shu o‘rinda yana bir qiziqarli kuzatuv, Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng, Rossiyani deyarli barcha xalqaro tashkilotlardan chiqarib yuborishdi, ammo JSSTdan emas. Demak ularga bizdan nimadir kerak. Ehtimol, usha mashhur "genetik ketma-ketliklar"?
Bir narsa aniq-ki, ma’muriy boshqaruv resurslarni amerikaliklar hiyla-nayrang bilan o‘zlashtirib olgan, shubhali nomzod tomonidan boshqarilayotgan tashkilotga, Rossiya har yili millionlab dollar to‘lashda davom etmoqda.
JSST sog‘liqni saqlash qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar bizning strategik raqibimizga sog‘ligimiz, epidemiya holati va tibbiy xizmatlarning ishi bilan bog‘liq eng nozik, muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘lish imkonini beradi. Rossiya atrofida Amerikaning biologik laboratoriyalari ishlayotgan vaziyatda genetik ketma-ketliklarni chetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiqlash dahshatli eshitiladi. Bu yerda o‘z suverenitetini o‘z qo‘li bilan dushmanga topshirish xavfi bor.
Eng g‘ayritabiiy narsa shundaki, barchamiz - butun insoniyat uchun juda muhim qarorlar hech qanday jamoatchilik muhokamasisiz, jimgina qabul qilinayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Jenevada allaqanday noma’lum shaxslar, Amerika oligarxlari va yirik faratsevtika kompaniyalari Yer sharining 8 milliard aholisi uchun hamma narsani hal qilishmoqda. Keyin ular belgilab bergan qarorlar tayinlagan ekspertlar tomonidan tasdiqlanadi va e’lon qilinadi. Jamoatchilik muhokamasi, fikrlar polemikasi yo‘q.
JSST kabi xalqaro tashkilot, nazariy jihatdan, har bir qadamini yozib qo‘yishi kerak, ammo yo‘q - uning veb-saytida sog‘liqni saqlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha yig‘ilishlar qanday o‘tgani haqida deyarli hech qanday ma’lumot topa olmaysiz.
Bu masalada, albatta, oshkoralik bo‘lishi shart. Axir bu hayot-mamot masalasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.