https://oz.sputniknews.uz/20230117/aholining-ichimlik-suvi-bilan-taminlanganlik-darajasi-74-foizga-etkazildi-31531916.html
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74 foizga yetkazildi
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74 foizga yetkazildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ichimlik suvi va oqava suv ta’minotining yaxshilash uchun budjet mablag‘laridan 3,3 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 185,5 million dollar sarifladi
2023-01-17T16:53+0500
2023-01-17T16:53+0500
2023-01-17T16:53+0500
jamiyat
suv
o‘zsuvta’minot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/19/23550244_0:960:2049:2112_1920x0_80_0_0_2d882af6ed03bd1af16360db562a03fc.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74 foizga yetkazildi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, o‘tgan yili respublikada jami 7 130,1 kilometr ichimlik suvi va 232,9 km oqova suv tarmoqlari tortildi. Buning uchun budjet mablag‘laridan 3,3 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 185,5 million dollar sariflandi.Shuningdek, oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 17,2 foizdan 18,9 foizga yetkazildi. Suv hisoblagichlari bilan ta’minlanganlik darajasi esa 64,3 foizga teng bo‘ldi.Qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 90,5 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi. Sirdaryo viloyatida 39 ta quyosh fotoelektr stansiyalari hamda quyosh panellarini o‘rnatish maqsadida umumiy qiymati 220,46 million so‘mlik shartnoma imzolandi.Samarqand viloyatida 4 ta, Surxondaryo viloyatida 3 ta hamda Jizzax viloyatida 2 ta suv inshootlariga quyosh panellarini o‘rnatish maqsadida tender savdolariga tegishli e’lonlar qo‘yildi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi hisobot yig‘ilishida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 74 foizga yetkazish ma’lum qilingan edi.2023 yilgi investitsiya dasturi doirasida 3ta yangi qozonxona qurish, 10tasini ta’mirlash va issiqlik tarmoqlari tortish rejalashtirilgan. Shu yilning o‘zida 435 ta obyekt foydalanishga topshiriladi.Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy tajribani o‘rgangan holda Suv kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Yangi qonun loyihasi suv munosabatlarini kompleks va tizimlashtirilgan ravishda huquqiy tartibga solishni ta’minlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/19/23550244_0:768:2049:2304_1920x0_80_0_0_49a10a6d62c6aaa6d533942c3de60538.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ichimlik suvi o‘zbekiston uzbekiston ma’lumot
ichimlik suvi o‘zbekiston uzbekiston ma’lumot
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74 foizga yetkazildi
O‘zbekiston ichimlik suvi va oqava suv ta’minotining yaxshilash uchun budjet mablag‘laridan 3,3 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 185,5 million dollar sarifladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74 foizga yetkazildi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot"
Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili respublikada jami 7 130,1 kilometr ichimlik suvi va 232,9 km oqova suv tarmoqlari tortildi. Buning uchun budjet mablag‘laridan 3,3 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 185,5 million dollar sariflandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 69,7 foizdan 74,4 foizga yetkazildi.
Shuningdek, oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 17,2 foizdan 18,9 foizga yetkazildi. Suv hisoblagichlari bilan ta’minlanganlik darajasi esa 64,3 foizga teng bo‘ldi.
Qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 90,5 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi. Sirdaryo viloyatida 39 ta quyosh fotoelektr stansiyalari hamda quyosh panellarini o‘rnatish maqsadida umumiy qiymati 220,46 million so‘mlik shartnoma imzolandi.
Samarqand viloyatida 4 ta, Surxondaryo viloyatida 3 ta hamda Jizzax viloyatida 2 ta suv inshootlariga quyosh panellarini o‘rnatish maqsadida tender savdolariga tegishli e’lonlar qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi hisobot yig‘ilishida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 74 foizga yetkazish ma’lum qilingan edi.
2023 yilgi investitsiya dasturi doirasida 3ta yangi qozonxona qurish, 10tasini ta’mirlash va issiqlik tarmoqlari tortish rejalashtirilgan. Shu yilning o‘zida 435 ta obyekt foydalanishga
topshiriladi.Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy tajribani o‘rgangan holda Suv kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Yangi qonun loyihasi suv munosabatlarini kompleks va tizimlashtirilgan ravishda huquqiy tartibga solishni
ta’minlaydi.