https://oz.sputniknews.uz/20230116/yuksalish-kommunalka-tolovini-qayta-hisob-kitob-qilishga-chaqirdi-31506886.html
“Yuksalish” “kommunalka” to‘lovini qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi
“Yuksalish” “kommunalka” to‘lovini qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, harakat zaruratga ko‘ra joylarda isinish, qurilmalarni quvvatlash, cho‘milish, ovqat pishirish xonalarini tayyorlash taklifi bilan chiqqan.
2023-01-16T19:02+0500
2023-01-16T19:02+0500
2023-01-16T19:25+0500
jamiyat
yuksalish harakati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177505_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_d5b3c07c7d6ce06cb995559af6877b7c.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. “Yuksalish” umummilliy harakati anomal sovuq oqibatlarini yumshatish yuzasidan qator takliflarni bildirdi.Harakatning ta’kidlashicha, shu kunlarda respublika bo‘ylab elektr energiyasi, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aholining e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Mamlakat energetika tizimi bunday sinovlarga tayyor emasligini ko‘rsatdi.Harakat qishning sovuq kunlari yana 2-3 hafta saqlanib qolishini inobatga olib, quyidagi tezkor choralarni ko‘rishni taklif etmoqda:Mirziyoyev gaz bo‘lmagan hududlarga suyultirilgan gaz yoki ko‘mir yetkazish vazifasini qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177505_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_66368c0d16048648bd29ad73598c3f72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yuksalish taklif kommunalka to‘lov tulov hisob kitob
yuksalish taklif kommunalka to‘lov tulov hisob kitob
“Yuksalish” “kommunalka” to‘lovini qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi
19:02 16.01.2023 (yangilandi: 19:25 16.01.2023) Shuningdek, harakat zaruratga ko‘ra joylarda isinish, qurilmalarni quvvatlash, cho‘milish, ovqat pishirish xonalarini tayyorlash taklifi bilan chiqqan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. “Yuksalish” umummilliy harakati anomal sovuq oqibatlarini yumshatish yuzasidan qator takliflarni
bildirdi. Harakatning ta’kidlashicha, shu kunlarda respublika bo‘ylab elektr energiyasi, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aholining e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Mamlakat energetika tizimi bunday sinovlarga tayyor emasligini ko‘rsatdi.
"Yuksalish” fuqarolarning bu boradagi fikrlariga tayanib, mas’ul davlat idoralarini belgilangan haroratdagi issiqlik, issiq suv, elektr energiyasi va gaz (shu jumladan, hisoblagichlari bo‘lmagan iste’molchilar) ta’minlanmagan barcha kunlar uchun aholi bilan qayta hisob-kitob qilishga chaqirgan.
Harakat qishning sovuq kunlari yana 2-3 hafta saqlanib qolishini inobatga olib, quyidagi tezkor choralarni ko‘rishni taklif etmoqda:
zaruratga ko‘ra joylarda isinish, telefon va boshqa qurilmalarni quvvatlash, cho‘milish, ovqat pishirish xonalarini tayyorlash;
kuniga kamida bir-ikki marotaba energiya tizimi rahbarlari jonli efirga chiqishlari kerak, ular vaziyatni yaxshilash uchun aniq nima qilinganligi, qanday baxtsiz hodisalar bartaraf etilganligi, qayerda muammolar saqlanib qolayotganligi va ularni bartaraf etish muddatlari va ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berishadi;
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun ko‘p funksiyali call-markazni ishga tushirish.