https://oz.sputniknews.uz/20230116/xitoyda-qatiy-karantin-bekor-qilingandan-song-covid-19-dan-60-ming-kishi-vafot-etdi-31501443.html
Xitoyda qat’iy karantin bekor qilingandan so‘ng COVID-19 dan 60 ming kishi vafot etdi
Xitoyda qat’iy karantin bekor qilingandan so‘ng COVID-19 dan 60 ming kishi vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy uch yildan so‘ng yana murakkab epidemiologik vaziyat bilan to‘qnash kelmoqda. 16.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-16T14:58+0500
2023-01-16T14:58+0500
2023-01-16T14:58+0500
dunyoda
xitoy
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24967836_0:0:3079:1731_1920x0_80_0_0_3ea40c148ebc05a9a60067a593b73a23.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Koronavirusning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy uch yildan so‘ng yana murakkab epidemiologik vaziyat bilan to‘qnash keldi. 2022-yil 8-dekabrdan joriy yil 12-yanvargacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq qariyb 60 mingta o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi vakili Szao Yaxuy ma’lum qildi.Avvalroq Xitoy hukumati mazkur xastalikdan o‘lim ko‘rsatkichlari statistikasiga faqat virusli pnevmoniyadan kelib chiqqan nafas yetishmovchiligi qurbonlarini kiritayotgan edi.Yuqorida keltirilgan raqam esa bir paytning o‘zida yondosh kasalliklardan ham aziyat chekkan va SOVID-19 asoratlari tufayli vafot etgan bemorlarni ham qamrab oladi.Qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash vaziri (JSST) Tedros Gebreyesus Xitoy sog‘liqni saqlash vaziri bilan muloqotda real epidemiologik holatni muhokama qilgan va ayni paytda shifoxonada davolanayotgan, jumladan, shoshilinch tibbiy yordam va intensiv terapiyaga muhtoj bemorlar soni to‘g‘risida ma’lumot olgan.Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda dunyoda “omikron” shtammining yuquvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan “kraken” nomli XBB.1.5 subvarianti keng tarqalyapti. Shu bois mutaxassislar aholiga xastalikka qarshi buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24967836_347:0:3078:2048_1920x0_80_0_0_12e81b4bc7db6c2581d46c8353a1924e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Xitoyda qat’iy karantin bekor qilingandan so‘ng COVID-19 dan 60 ming kishi vafot etdi
Xitoy uch yildan so‘ng yana murakkab epidemiologik vaziyat bilan to‘qnash kelmoqda.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Koronavirusning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy uch yildan so‘ng yana murakkab epidemiologik vaziyat bilan to‘qnash keldi. 2022-yil 8-dekabrdan joriy yil 12-yanvargacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq qariyb 60 mingta o‘lim holati
qayd etildi. Bu haqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi vakili Szao Yaxuy ma’lum
qildi.
Avvalroq Xitoy hukumati mazkur xastalikdan o‘lim ko‘rsatkichlari statistikasiga faqat virusli pnevmoniyadan kelib chiqqan nafas yetishmovchiligi qurbonlarini kiritayotgan edi.
Yuqorida keltirilgan raqam esa bir paytning o‘zida yondosh kasalliklardan ham aziyat chekkan va SOVID-19 asoratlari tufayli vafot etgan bemorlarni ham qamrab oladi.
Qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash vaziri (JSST) Tedros Gebreyesus Xitoy sog‘liqni saqlash vaziri bilan muloqotda real epidemiologik holatni muhokama qilgan va ayni paytda shifoxonada davolanayotgan, jumladan, shoshilinch tibbiy yordam va intensiv terapiyaga muhtoj bemorlar soni to‘g‘risida ma’lumot olgan.
“Ayni paytda mazkur ko‘rsatkichlar JSST tomonidan tahlil qilinmoqda. Uning natijalari Xitoydagi epidemiologik vaziyat hamda koronavirus yangi to‘lqini ta’sirini yaxshiroq tushunish imkonini beradi”, - deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda dunyoda “omikron” shtammining yuquvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan “kraken” nomli XBB.1.5 subvarianti keng tarqalyapti. Shu bois mutaxassislar aholiga xastalikka qarshi buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.