Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

UQK Doneskning Kalinin tumanini o‘qqa tutishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPosledstviya obstrela Doneska
Posledstviya obstrela Doneska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Donesk meri Aleksey Kulemzinning qo‘shimcha qilishicha, ukrain snaradlari “Avoska” supermarketi, dorixona va turar joyga kelib tushgan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) Doneskning Kalinin tumanini o‘qqa tutishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jabrlandi. Bu haqda DXR Xalq militsiyasi zobiti, respublika parlamenti deputati Andrey Bayevskiy ma’lum qildi.
Avvalroq Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi ukrain qo‘shinlari dushanba kuni ertalab Doneskning Kalinin tumaniga uchta raketa zarbasini berganini xabar qilgandi.
Savdo markazi, texnik xizmat ko‘rsatish binosi zarar ko‘rgan. Donesk meri Aleksey Kulemzinning qo‘shimcha qilishicha, ukrain snaradlari “Avoska” supermarketi, dorixona va turar joyga kelib tushgan.
“Hozir bu o‘qqa tutish oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va to‘rt kishi yaralangani haqida ma’lumot bor”, - dedi Bayevskiy Perviy kanal efirida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning ta’kidlashicha, jabrlanganlar soni oshishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0