Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentXokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Ortiqxo‘jayev vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan olingan.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Ortiqxo‘jayev vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan olingan.
“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman”, dedi Mirziyoyev.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirildi.
Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.
Shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0