Tojikistonlik futbolchi “Buxoro” klubiga murabbiy bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbol. Uchebno-trenirovochniy sbor. Arxivnoe foto
Futbol. Uchebno-trenirovochniy sbor. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Klub yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoa va murabbiylar tarkibini kuchaytirmoqda.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Tojikistonlik futbolchi Akmal Xolmatov O‘zbekistonning “Buxoro” klubiga murabbiy bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Sportchini jamoaga “Buxoro” bosh murabbiyi Hakim Fuzailov taklif qilgan. Klub yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoa va murabbiylar tarkibini kuchaytirmoqda.
Xolmatov o‘zining futbol faoliyati davomida Tojikistonning “Istiqlol” va “Regar-TadAZ”, shuningdek, O‘zbekistonning “Neftchi”, “Paxtakor”, “Andijon”, “So‘g‘diyona” va Eronning “PAS” klublarida to‘p surgan.
2001 yilda sportchi O‘zbekiston fuqaroligini olgan. 2019-yilda u futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagani va murabbiylik faoliyatini boshlash istagi borligini e’lon qilgan.
Yangiliklar lentasi
0