https://oz.sputniknews.uz/20230116/putin-erdogan-31512014.html
Putin Erdog‘anning e’tiborini Kiyevning buzg‘unchi harakatlariga qaratdi
Putin Erdog‘anning e’tiborini Kiyevning buzg‘unchi harakatlariga qaratdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Turkiya yetakchilari telefon orqali suhbat qilishdi. 16.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-16T20:12+0500
2023-01-16T20:12+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
turkiya
ukraina
vladimir putin
rejep tayyip erdog‘an
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/19/21079516_0:181:2999:1868_1920x0_80_0_0_7faab392e6b8676d4ed83f5ce0bd4e84.jpg
TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an orasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati xabar berdiTomonlar Rossiya-Turkiya hamkorligini har tomonlama yanada rivojlantirish tarafdorligini yana bir bor tasdiqladilar. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida energetika sohasidagi hamkorlik, jumladan, Rossiya tabiiy gazini yetkazib berish va Turkiyada mintaqaviy gaz xabini yaratish rejalari ham bor.Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashish davom etdi. Xususan, Turkiya tomoni tashabbusi bilan va yaqinda Anqaradagi aloqalarni hisobga olgan holda Rossiya va Ukrainaning inson huquqlari bo‘yicha komissarlari mahbuslarni, birinchi navbatda, yaradorlarni almashish masalasini muhokama qilishini aytib o‘tdi.Tomonlar, shuningdek, 2022-yil 22-iyuldagi Ukraina g‘allasini Qora dengiz portlaridan eksport qilish hamda Rossiyadan oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish to‘siqlarini olib tashlash bo‘yicha Istanbul "paket" kelishuvlarini amalga oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.Bundan tashqari, Turkiya-Suriya munosabatlarini normallashtirish masalalari, jumladan, Anqaraning Rossiya, Turkiya va Suriya vakillari ishtirokida maslahatlashuvlarni boshlash tashabbusi jihatidan muhokama qilindi. Shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eronning Ostona jarayoni doirasida Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikdagi ishining amaliy ahamiyati qayd etildi.
turkiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/19/21079516_135:0:2864:2047_1920x0_80_0_0_5adabaab0a8a5d9291aed80b32de3177.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, ukraina, vladimir putin, rejep tayyip erdog‘an, rossiya
dunyoda, turkiya, ukraina, vladimir putin, rejep tayyip erdog‘an, rossiya
Putin Erdog‘anning e’tiborini Kiyevning buzg‘unchi harakatlariga qaratdi
20:12 16.01.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Rossiya va Turkiya yetakchilari telefon orqali suhbat qilishdi.
TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an orasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati
xabar berdi
Tomonlar Rossiya-Turkiya hamkorligini har tomonlama yanada rivojlantirish tarafdorligini yana bir bor tasdiqladilar. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida energetika sohasidagi hamkorlik, jumladan, Rossiya tabiiy gazini yetkazib berish va Turkiyada mintaqaviy gaz xabini yaratish rejalari ham bor.
Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashish davom etdi. Xususan, Turkiya tomoni tashabbusi bilan va yaqinda Anqaradagi aloqalarni hisobga olgan holda Rossiya va Ukrainaning inson huquqlari bo‘yicha komissarlari mahbuslarni, birinchi navbatda, yaradorlarni almashish masalasini muhokama qilishini aytib o‘tdi.
Vladimir Putin Kiyev rejimining G‘arb homiylari ko‘magida jangovar harakatlarni kuchaytirishga, yetkazib berilayotgan qurollar va harbiy texnika hajmini oshirishga qaratilgan buzg‘unchi harakatiga e’tibor qaratdi. Rossiya prezidenti Kiyevning ikkiyuzlamachilik siyosatiga pravoslav Rojdestvo bayrami kunlarida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etishini misol keltirdi.
Tomonlar, shuningdek, 2022-yil 22-iyuldagi Ukraina g‘allasini Qora dengiz portlaridan eksport qilish hamda Rossiyadan oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish to‘siqlarini olib tashlash bo‘yicha Istanbul "paket" kelishuvlarini amalga oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.
Bundan tashqari, Turkiya-Suriya munosabatlarini normallashtirish masalalari, jumladan, Anqaraning Rossiya, Turkiya va Suriya vakillari ishtirokida maslahatlashuvlarni boshlash tashabbusi jihatidan muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eronning Ostona jarayoni doirasida Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikdagi ishining amaliy ahamiyati qayd etildi.